Rostov va Samaradan maxsus poyezdlar bilan 2 mingga yaqin fuqarolar olib kelindi

Rossiya va O‘zbekiston transport vazirliklari kelishuviga ko‘ra, O‘zbekiston Rossiyadan o‘z fuqarolarini maxsus tashkil qilingan poyezdlar yordamida olib chiqishni boshladi.
Sputnik

TOShKENT, 28 avg – Sputnik. O‘zbekiston transport vazirligi xabariga ko‘ra, Rossiyaning 2ta shahridan O‘zbekistonga maxsus poyezdlar bilan 2 mingga yaqin fuqarolar olib kelingan.

Xususan, 27-avgust kuni Rostov-na-Donu shahridan 927 nafar O‘zbekiston fuqarolari Namangan viloyatiga yetib keldi. Ushbu reys orqali olib kelingan barcha fuqarolar viloyat transport boshqarmasi tomonidan tashkil etilgan avtobuslarda karantin zonalariga yetkazildi.

Rostov va Samaradan maxsus poyezdlar bilan 2 mingga yaqin fuqarolar olib kelindi

Shuningdek, Rossiya Federatsiyasi bilan kelishilgan holda “Toshkent – Kinel –Toshkent” yo‘nalishida yana bir maxsus poyezd tashkil qilinib, Samara yaqinidagi Rossiya chegarasida kutib qolgan 918 nafar O‘zbekiston fuqarolari Toshkentga olib kelindi.

Mazkur poyezd ayni damda Toshkent shahriga yetib keldi. Ushbu reys orqali olib kelingan barcha fuqarolar avtobuslarda Toshkent viloyatidagi  karantin zonalariga yetkazildi.

Rostov va Samaradan maxsus poyezdlar bilan 2 mingga yaqin fuqarolar olib kelindi