Rossiyada 7-sentabrdan kuchga kiradigan yangi qonun migrantlar uchun qanday imkoniyat yaratadi

Rossiya hukumati chet elliklarga qarindoshlarini ro‘yxatdan o‘tkazishga ruxsat beradi, bu esa oilalarni birlashishiga yordam beradi va, ehtimol, katta shaharlarda arzon turar joylarga bo‘lgan talabni oshiradi.
Sputnik

TOShKENT, 28 avg - Sputnik. 2020-yil sentabr oyidan boshlab Rossiyada birdaniga bir nechta qonunlar kuchga kiradi va ular orasida chet elda ishlayotgan va respublikada yashayotgan yuz minglab Tojikiston fuqarolariga bevosita ta’sir ko‘rsatadigan juda muhim qonun bor, deb yozmoqda Sputnik Tojikiston.

7 sentabrdan boshlab Rossiyada turar joy ko‘chmas mulkiga ega bo‘lgan chet el fuqarolari o‘z uylarida boshqa chet el fuqarolarini ro‘yxatdan o‘tkazishlari mumkin bo‘ladi. Ya’ni Rossiya qonunchiligida belgilangan "qabul qiluvchi tomon" bo‘lishlari mumkin.

Rossiyada chet el fuqarolariga ham xorijliklarni ro‘yxatdan o‘tkazishga ruxsat berilishi mumkin

RF Davlat dumasida ushbu qonun, avvalambor, qarindoshlari chet elda yashaydigan vatandoshlar va rossiyaliklarning oilalariga qaratilganligini alohida ta’kidlashmoqda.

Sputnik Tojikiston ushbu yangilik migrantlar hayotiga qanday ta’sir ko‘rsatishi mumkinligini rossiyalik mutaxassislardan bilishga qaror qildi.

Demografiya, migratsiya va mintaqaviy rivojlanish instituti Kuzatuv kengashi raisi Yuriy Krupnovning so‘zlariga ko‘ra, gap uning ta’siri doirasida Rossiyada uy-joylarni sotib olish uchun yetarlicha badavlat odamlar tushishi mumkin bo‘lgan qonunning siyosiy emas balki moliyaviy tarkibiy qismi haqida ketmoqda.

"Ushbu qarorning ko‘rinishidan vatandoshlar bo‘yicha masalasini nafaqat umumiy ko‘rinishda talqin qilish mumkin, chunki bu tushunchani juda keng talqin qilsa bo‘ladi. U umuman RFda ko‘chmas mulkka sarmoya kiritgan va shu tariqa boshqa chet elliklarga nisbatan qabul qiluvchi tomon huquqini qo‘lga kiritganlarga tegishli", - deya ta’kidlaydi Krupnov.

Toshkent viloyatida chet el investorlari uchun zamonaviy shaharcha barpo etiladi

Uning fikriga ko‘ra, migratsiya siyosatining pul qismini ilgari suruvchi sentabr oyi yangiligi iste’mol talabini yaratadigan va shu bilan bilvosita iqtisodiy o‘sishga hissa qo‘shadigan odamlar uchun moddiy rag‘batdir.

"Biz bilamizki, investorlar uchun jiddiy imtiyozlar mavjud. Investitsiyalarni olib kirsangiz - siz fuqarolikni tezroq olasiz va qo‘shimcha imtiyozlarga ega bo‘lasiz. Va bu yerda ham iqtisodiy qonun amal qiladi. Ya’ni siz ko‘chmas mulk sotib oldingiz, qaysidir ma’noda RFga sarmoya kiritdingiz va buning evaziga siz qo‘shimcha huquqlarga ega bo‘lasiz", - ta’kidlaydi mutaxassis.

Biroq, ushbu qonun nafaqat iqtisodiy o‘sishni va xususan, qurilish sohasini migrantlar mablag‘lari hisobiga rag‘batlantirishga, balki o‘nlab yillar davomida butun oilalarning hayotini murakkablashtirgan arxaik va ochiqdan-ochiq zararli huquqiy nomuvofiqlikni bartaraf etishga qaratilgan, deydi Rossiya Federal Migratsion Xizmati rahbari sobiq o‘rinbosari Vacheslav Postavnin.

"Qanday bo‘lmasin, bu yaxshi tashabbus, ayniqsa, vatandoshlar uchun. Bu mutlaqo ahmoqona va bema’ni me’yyor edi. Inson kelib, bu yerda uy sotib oladi-da, o‘z qarindoshlarini ro‘yxatdan o‘tkaza olmaydi, chunki ular chet elliklar", - deb tushuntirdi u Sputnik Tojikistonga.

Misol tariqasida, Postavnin halqaro, aniqrog‘i, ingliz tajribasini keltiradi, unda Buyuk Britaniya Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lganidan so‘ng, Sharqiy Yevropaning uncha rivojlanmagan mamlakatlaridan minglab odamlar daromad va yaxshi hayot izlab Angliyaga ko‘chib o‘tgan.

Unda Polsha diasporasi a’zolari nisbatan arzon ko‘chmas mulklarni sotib olganlar, ko‘pincha shahar atrofidagi ekonom-klassdagi uylarni, va u yerda Polshalik qarindoshlarini ro‘yhatdan o‘tkazgan. Garchi bitta uyda ko‘p odam yashagan bo‘lsa-da, ular muntazam ravishda qonunchilikka rioya qilishgan va haqiqatan ham ro‘yhatdan o‘tish joylarida yashashgan.

Chet el fuqarolariga pulli asosda tibbiy yordam ko‘rsatish qoidalariga o‘zgartirish kiritiladi

"Bunda hech qanday muammo ko‘rmayapman. Misol uchun, bizda "rezina kvartiralar" yanada ko‘payadi, yuz kishi tiqilib oladi deyishi odat bo‘lib qolgan. Ammo bunday hol endi bo‘lmaydi, chunki ko‘chmas mulkni ijaraga emas, balki o‘zi yashashi uchun sotib olayotgan odam, bitta uyda ko‘pchilik bilan yashab ularning kommunal to‘lovlari uchun to‘lashni hoxlamaydi. Bu shunchaki foydasiz", - dedi Postavnin.

Endi bitta savol qolmoqda - qancha chet elliklar ushbu tashabbusdan foydalana oladi? Bunga hech kim taxminan ham javob bera olmaydi, chunki Rossiyada ko‘chmas mulk sotib olgan chet el fuqarolari sonining qandaydir ishonchli statistikasiga na rasmiy idoralar, na quruvchilar va na rieltorlar ega emas.

Ammo anig‘i shuki, MDHning Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida Tojikiston vatandosh maqomini olishga murojaat qilganlar soni bo‘yicha yetakchi o‘rinni egallaydi. Umuman olganda, Rossiya statistikasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2019-yil oxiriga kelib RFda 1,2 million tojikistonlik fuqarolar yashab kelgan.

Va yangi qonun, shubhasiz, ularning Rossiyaga kelishiga va butun oila bo‘lib ko‘chmas mulk sotib olishiga hissa qo‘shadi, chunki uy-joy quruvchilarining reklamasida aytilganidek - uy-joyni sotib olish endi haqiqatan ham osonlashdi. Va eng muhimi – zarurroq bo‘ldi.