Rossiya IIV Navalniy zaharlanishini tasdiqlovchi birorta dalil topmadi

Navalniy Omsk shifoxonasiga yotqizilganidan so‘ng shifokorlar 2 kun ichida uning qon va siydigida 59ta analiz o‘tkazishib hech qanday zahar yoki zahar izlarini topishmagan edi.
Sputnik

TOShKENT, 27 avg - Sputnik. Rossiyaning Sibir federal okrugi bo‘yicha Transport politsiyasi tomonidan muxolifatchi Aleksey Navalniyning ehtimoliy zaharlanishi bo‘yicha o‘tkazilgan tekshiruvda zaharlanish yoki kuchli ta’sir qiluvchi narkotiklar izini topmadi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

“Tekshiruv davomida Navalniy yashagan mehmonxona nomeri, u harakatlangan yo‘nalishlar sinchiklab ko‘zdan kechirildi, videokamera yozuvlari o‘rganildi. Shuningdek zaharlanish isboti bo‘lishi mumkin bo‘lgan 100dan ortiq predmetlar tekshirish uchun olindi”, - deyilgan xabarda.

Shu bilan bir vaqtda ayni damda 20dan ortiq sud-tibbiy, biologik, fizika-kimoviy va kriminalistik tekshiruvlar o‘tkazilmoqda va ayni damda ularning natijasi ham salbiy.

Navalniy Omsk shifoxonasiga yotqizilganidan so‘ng shifokorlar uning qon va siydik analizlarini sinchikovlik bilan o‘rganishgan. Xabarda aytilishiga ko‘ra 2 kun ichida Omsk shifokorlari 59ta analiz o‘tkazishib hech qanday zahar yoki zahar izlarini topishmagan edi.

Asosiysi Navalniy tuzalib ketishiga yordam berish - Peskov

Keyinchalik Navalniy xususiy samolyotda Germaniyaning Charite klinikasiga olib ketilgan edi. U yerda shifokorlar dastlabki xulosasiga ko‘ra, muxolifatchi “xolinesteraza ingibitori turkumidagi modda bilan zaharlangan bo‘lishi mumkin” degan dastlabki xulosaga kelishgan edi.

Moskvadagi 1-sonli Milliy kimyo-tibbiyot markazi Jonlantirish bo‘limi boshlig‘i Boris Teplix aytishiga qaraganda nemis shifokorlari aytayotgan versiya Rossiyalik shifokorlar tomonidan birinchi kundayoq tekshirilgan, lekin o‘z tasdig‘ini topmagan. Germaniyaliya shifokorlar hozircha zaharlanishning klinik xususiyatlari haqida gapirishmoqda, lekin zaharlovchi moddaning o‘zini topishgani yo‘q.

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi navalniy zaharlanishi versiyasini YeI va AQSh tomonidan shoshilnch olg‘a surilishini – shubhali deb atashdi. Rossiya tomoni bo‘lib o‘tgan voqealarni sinchikov tekshirish tarafdori, dedi.