So‘nggi "xitoycha ogohlantirish" - XXR bahsli hududlarga qarata raketa uchirdi

Xitoyning Sinxay provinsiyasidan "Dunfen" nomli ikkita raketa uchirildi va ular Janubiy-Xitoy dengizidagi harbiylar tomonidan nazorat qilinadigan hududga kelib tushdi.
Sputnik

TOShKENT, 27 avg - Sputnik. South China Morning Post gazetasi o‘z manbalariga tayanib, Xitoy chorshanba kuni ertalab Janubiy-Xitoy dengizi tomon ikkita ballistik raketa uchirganini ma’lum qildi, gazeta fikriga ko‘ra, bu AQSh tomonidan ogohlantirish sifatida qabul qilinishi kerak.

"Bu Janubiy-Xitoy dengiziga AQSh harbiy samolyotlari va kemalarining tobora tez-tez kelib turishining ehtimoliy xatarlariga Xitoyning javobidir", - deyiladi maqolada.

Janubiy-Xitoy dengizi tomon Sinxay provinsiyasidan DF-26B ("Dunfen-26") raketasi, sharqda joylashgan Chjenszan provinsiyasidan esa DF-21D ("Dunfen-21") raketasi uchirildi.

Xabar qilinishicha, raketalarning ikkalasi ham harbiylar tomonidan nazorat qilinadigan hududga tushgan.

Avvalroq AQSh XXRga nisbatan 2013-yilda sun’iy orollarni qurishni boshlagandan keyin Xitoyga qarshi yangi sanksiyalarni joriy etgan edi. Hudud bahsli bo‘lib, unga Filippin, Yaponiya va Vetnam ham da’vo qilmoqda. Orollarda uglevodorodlarning yirik zahiralari mavjud.