Ekspert smartfonlarning qanday ekranlari inson uchun zararli ekanligini aytib berdi

Aksariyat zamonaviy smartfonlarda organik svetodiodlar - OLED texnologiyasi qo‘llanilgan ekranlar ishlatiladi.
Sputnik

TOShKENT, 27 avg - Sputnik. Aksariyat zamonaviy smartfonlarda organik svetodiodlar - OLED texnologiyasi qo‘llanilgan ekranlar ishlatiladi. Ko‘p tadqiqotlar natijalariga ko‘ra, OLED ekranlarining yorqinligini sozlashning o‘ziga xos xususiyatlari tufayli odamlarning taxminan o‘n foizida ulardan foydalanish paytida bosh og‘rig‘i boshlanadi, charchoq va ko‘zlar quruqlashishi paydo bo‘ladi, dedi “Praym” agentligiga NAFI “Raqamli fuqaro”(“Sifrovoy grajdanin”-tahr.) platformasi eksperti Vladimir Gritsenko.

Smartfon tezroq ishlashi uchun qanday ilovalarni o‘chirib tashlash kerak – ekspert

"Aslida OLED ekranlarining yorqinligi doim yuz foizga teng bo‘ladi, foydalanuvchi uni tushirganda esa (bu ko‘pincha impuls-kenglik modulyatsiyasi yordamida amalga oshiriladi), ekran yorug‘likning ma’lum darajasiga mos ma’lum chastotada miltillay boshlaydi. Yorqinligi qancha past bo‘lsa, ekranning pulsatsiyasi shuncha ko‘proq namoyon bo‘ladi va ko‘zlar shuncha ko‘p charchashi mumkin. Ekranning miltillashi odamning ko‘ziga ko‘rinmaydi, ammo uni boshqa smartfon kamerasini telefon ekraniga qaratganda ko‘rish mumkin", - deya izoh beradi mutaxassis.

Agar ko‘zlaringiz OLED ekranidan charchayotganini sezsangiz, uni maksimal darajaga yaqin yorqinlikda ishlatishga urinib ko‘rishingiz mumkin - miltillash kamroq bo‘ladi, lekin xona sharoitida yorug‘ligi haddan tashqari ko‘p bo‘lishi mumkin.