O‘zbekistonda o‘qituvchilar ommaviy bepul emlanadi

Sog‘liqni saqlash vazirligi har bir ta’lim muassasasiga borgan holda xodimlarni emlash o‘tkazishni va tegishli sog‘liqni saqlash muassasalarini vaksina va tibbiyot buyumlari bilan ta’minlash choralarini ko‘radi.
Sputnik

TOShKENT, 26 avg - Sputnik. O‘zbekistonda barcha maktab o‘qituvchilari grippga qarshi bepul emlanadi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.

O‘zbekiston maktablarida o‘quv yili qanday boshlanadi - vazir Shermatov bilan intervyu

Prezident qaroriga binoan, respublikadagi barcha umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining rahbar, pedagogik va boshqa (yordamchi) xodimlari markazlashgan tartibda 2020-yil 1-oktabrga qadar grippga qarshi emlanadi.

"Maktabgacha ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi va Moliya vazirligining respublikadagi barcha boshlang‘ich, umumiy o‘rta ta’lim va sog‘liqni saqlash muassasalarining xodimlarini markazlashgan tartibda 2020-yil 1-oktabrga qadar bepul grippga qarshi emlash haqidagi taklifi ma’qullansin", - deyiladi hujjatda.