"Ming dollarga ish": Jizzaxda odamlarga turli lavozimlarni pullagan firibgar qo‘lga olindi

Tergovga qadar tekshiruvda, O‘zbekiston temir yo‘llari vakili 23 nafar fuqarodan ularni turli lavozimlarga ishga joylashtirib qo‘yish evaziga 18 400 AQSh dollari olgani aniqlangan
Sputnik

TOShKENT, 26 avg - Sputnik. "O‘zbekiston" lokomativ deposi navbatchisi 23 nafar fuqaroning 18 400 AQSh dollarini qo‘lga kiritganligi fosh etildi, deb xabar bermoqda Bosh prokuratura matbuot xizmati.

Bemor chetda qolib ketdi: firibgar internet orqali boyishning yangi usulini kashf qildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament va DXXning Jizzax viloyat boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJning "O‘zbekiston" lokomativ deposi navbatchisi Yu.B. fuqaro J.O.ni tanishlari orqali deponing Jizzax filialiga haydovchi vazifasiga ishga kiritib qo‘yish evaziga 1 000 AQSh dollari talab qilib, shundan 300 AQSh dollarini olgan vaqtda ashyoviy dalil bilan ushlangan.

Bundan tashqari, o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda Yu.B. 23 nafar fuqaroni "O‘zbekiston" lokomativ deposining turli lavozimlariga ishga joylashtirib qo‘yishi evaziga 18 400 AQSh dollarini qo‘lga kiritib, shundan 21 nafar fuqaroning 13 300 AQSh dollarini qaytarmasdan kelayotganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Yu.B.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “b”, “v” bandlari va 28, 211-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.