TOShKENT, 26 avg - Sputnik. Surxondaryoning Qizariq tumanida balog‘at yoshiga yetmagan bolani tengdoshi tepib o‘ldirdi.
Hodisa voyaga yetmagan yoshlar futbol o‘ynayotgan maydonda avj olgan. O‘zbekiston IIV huzuridagi Tergov departamenti xabari asosida.
"...23 avgust kuni kechki vaqt 16 yoshli voyaga yetmagan A.A., Qiziriq tumani "Istiqlol" mahallasida joylashgan kichik futbol o‘yingohida futbol o‘ynayotgan vaqti raqib jamoadagi 16 yoshli voyaga yetmagan I.X., bilan o‘zaro tortishib qolgan.
Yakkama-yakka urishish maqsadida, stadiondan tashqariga chiqib, janjalni davom ettirgan vaqtida, A.A., chap oyog‘i tizzasi bilan I.X.,ning old ko‘krak o‘rta sohasiga bir marta zarb bilan tepib tan jarohati yetkazgan.
Natijada voyaga yetmagan I.X., olgan tan jarohati oqibatida sog‘lig‘i yomonlashib, hodisa joyida vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Qiziriq tuman IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan A.A.,ga nisbatan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi "d" bandi (jabrlanuvchining o‘limiga olib kelgan qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, A.A. gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan va protsessual tartibda ushlangan. Hozirda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.