"Qo‘shinlarni to‘plashni tezlashtirmoqda": Norvegiyada nimalar sodir bo‘lmoqda

Atom suv osti kemalari, radiolokatsiya stansiyalari, keng ko‘lamli mashqlar va razvedka missiyalari - NATO shimoliy Yevropada tobora faollashmoqda.
Sputnik

TOShKENT, 25 avg — Sputnik, Nikolay Protopopov. Atom suv osti kemalari, radiolokatsiya stansiyalari, keng ko‘lamli mashqlar va razvedka missiyalari - NATO shimoliy Yevropada tobora faollashmoqda. Rossiya TIVning fikriga ko‘ra, alyans Norvegiyani harbiy kontingenti bilan maqsadli ravishda to‘ldirmoqda. Boshqa Yevropa mamlakatlarida singari, "Rossiya tahdidi" degan bahona bilan. Skandinaviya qirolligi ittifoq uchun navbatdagi Polshaga aylanadimi - bu haqda RIA Novosti materialida.

Eronga qarshi sanksiyalar: AQSh fikri. Noto‘g‘ri fikri

Nosog‘lom faollik

NATO Norvegiyada o‘zining harbiy ishtirokini kuchaytirish zarurati haqidagi so‘zlardan harakatga o‘tmoqda. Barens va Norvegiya dengizlarida Norvegiya flotini jalb qilgan holda alyans kemalarining mashqlari sezilarli darajada oshdi.

Hududda blok razvedka missiyalarining ko‘lami kengaymoqda - Arktikada Rossiya chegaralari yaqinida Norvegiya harbiy-dengiz kuchlarining razvedka kemalari ishlamoqda, Norvegiya bazalaridan AQSh harbiy-dengiz kuchlarining Poseidon samolyotlari patrullik  qilish uchun uchmoqda. Oslo va Vashington mamlakatda dengiz quruqlikdagi qo‘shinlarini joylashtirish to‘g‘risidagi kelishuvni uzaytirdi va ularning sonini ikki baravarga oshirdi.

2018 yilda Norvegiyada NATOning yirik Trident Juncture harbiy mashqlari o‘tkazildi.

Ellik mingga yaqin harbiy xizmatchi shartli raqib tomonidan hujum qilinganda kollektiv mudofaa mashqlarini bajardilar. Manevr maydonchasida alyans ni o‘z ichiga olgan 65 ta harbiy kemasi, ular orasida sovuq urushdan beri ilk marta Norvegiya dengiziga kirgan AQShning “Garri Truman” samolyot tashuvchi kemasi jalb etildi.

Nima uchun AQSh harbiylarni Polshaga jo‘natmoqda?

NATO Shimoliy Norvegiyada “Globus-3” raketa hujumi haqida ogohlantiruvchi radiolokatsiya stansiya tizimini qurmoqda. Rossiyadan atigi bir necha o‘n kilometr narida joylashgan Vardyo orolida qurilish ishlari qizg‘in davom etmoqda.

Yangi RLS yordamida NATOchilar Rossiyaning raketa qurollarining sinovlarini ko‘rishlari, Shimoliy flot kemalarining harakatini va "shartli raqib"ning ichki hududini kuzatishi mumkin. Shuningdek, Bardufoss, Evenes, Banak, Erlan va Rugge harbiy aerodromlari modernizatsiya qilinmoqda, Grotsund port terminali Amerika atom suv osti kemalarini qabul qilish uchun aylantirilmoqda.

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi bir necha bor NATOning shimoliy Yevropadagi harakatlari Arktikani harbiylashtirishga hissa qo‘shayotganini ta’kidlagan. Alyans aviatsiyasining razvedka parvozlari ayniqsa tashvish uyg‘otmoqda. Mudofaa vazirligining Amerika razvedka samolyotlari chegara yaqinida paydo bo‘lishi haqida xabarlar odatiy holga aylanib qoldi. Har safar Harbiy-kosmik kuchlari qiruvchi samolyotlarni havoga ko‘tarib, tom ma’noda ularni ichki havo maydonidan haydab chiqarishiga to‘g‘ri kelmoqda.

Xususan, bir hafta oldin MiG-31 chegaradan xavfli masofada “Poseidon” samolyotini to‘xtatib qoldi. 4-avgust kuni esa Barens dengizi ustida Norvegiya Falcon 20 razvedka  va elektron kurash samolyotini havo hududini nazorat qiluvchi vositalari payqab qolib, HKKga qarashli qiruvchi yordamida ortga qaytarildi.

NATOning shimoliy harbiy operatsiyaga tayyorgarlik ko‘riladigan maydoni

Harbiy fanlar doktori Konstantin Sivkov RIA Novosti’ga bergan intervusida Oslo o‘zini NATO tadbirlaridan uzoqlashtirishga urinayotgan bo‘lsa-da, buni amalga oshirish tobora qiyinlashib borayotganini ta’kidladi.

"Mamlakat rahbariyatida o‘zgarish bo‘lgan taqdirda har qanday narsa yuz berishi mumkin, shu jumladan Amerika harbiy bazalarining paydo bo‘lishi", - deydi ekspert. "Norvegiya allaqachon Amerikaning harbiy kontingentini mashqlar uchun joylashtirdi va o‘z bazalarida AQSh suv osti kemalarini qabul qilmoqda. Harbiylashtirish kursi bo‘lishi aniq. Vaziyat qanday o‘zgarishi - noma’lum. Harbiy va siyosiy tanglik kuchaygani sayin Oslo Vashingtonning bosimi ostida qolishi aniq. Arktika uchun kutilayotgan keskin janglar fonida norvegiyaliklar amerikaliklarga juda katta umid qilishmoqda".

Rossiyaning Su-30SM qiruvchisi NATO razvedka-samolyotlarini to‘xtatib qoldi

Vaziyatning sun’iy ravishda keskinlashtirish va tashqi dushmanni qidirish haqidagi Norvegiya tashqi razvedkasi rahbari Morten Xaga Lundening bayonoti dalolat bermoqda, u Rossiya va Xitoyni qirollik uchun asosiy xavf deb hisoblaydi.

Rossiyaning uzoq masofaga mo‘ljallangan yangi raketalari alohida tashvish uyg‘otmoqda. Norvegiyalik Kol yarim oroli va Barens dengizining shimoliy qismidagi harbiy bazalarni mustahkamlash, Shimoliy flotning mashqlari va ilg‘or qurol-yarog‘ tizimlarini dalil qilib ko‘rsatdi. Uning fikricha, tahdid shuningdek “Sarmat” qit’alararo, “Avangard” va “Kinjal” gipertovushli raketa tizimlaridan kelmoqda.

Aholi "rus tahdidi", jumladan teleekranlar orqali qo‘rqitilmoqda, deydi “Valday” tahliliy klubining harbiy eksperti Artem Kureyev.

"Norvegiya siyosiy isteblishmenti Rossiyani xavfli qo‘shni, haqiqiy potensial raqib sifatida ko‘rishga moyildir." Mahalliy serialning ikki mavsumi YeI tomonidan Rossiyani gap-so‘zsiz qo‘llab quvatlanishi bilan mamlakatni “bosib olinishi”ga bag‘ishlanishi – bu ham namuna bo‘la oladi".

Sovuq urush tugaganidan keyin shimoliy monarxiya Rus Shimolida ancha mustaqil siyosat olib borgan, deya eslatdi Kureyev. Shunday qilib, Norvegiya maxsus xizmatlari Shimoliy flotning holatini diqqat bilan kuzatib bordi va hatto "pomor kartasi" rolini o‘ynashga harakat qilgan va "Rossiya imperializmidan" aziyat chekkan alohida "pomor subetnos" deb e’lon qilgan hududning kichik xalqlarining separatizmini qo‘llab-quvvatladi.

Ikki stulda o‘tirib olmoq

Ta’kidlash joizki, Norvegiya Shimoliy Atlantika alyansi tashkil etilishini boshida turgan va blokka 1949-yilda qo‘shilgan, ammo tarixan Sovet Ittifoqi bilan munosabatlarini ortiqcha keskinlashtirmaslik uchun juda ehtiyotkorona pozitsiyani egallashga harakat qilgan. Shunday qilib, Oslo tinchlik davrida chet el harbiy bazalarini qurishdan bosh tortdi va mamlakatda atom quroli va o‘rta masofaga mo‘ljallangan raketalarni joylashtirishni ham rad etdi. Alohida kelishuvga binoan, faqat bir necha yuzlab Amerika dengiz piyoda askarlari Norvegiyada joylashdilar.

NATO va Yevropa ittifoqining sevimli Rail Baltica loyihasi qanday barbod bo‘lmoqda

Ammo, o‘zining jug‘rofiy joylashuvi tufayli ushbu skandinaviya davlati doim NATO uchun strategik ahamiyatga ega bo‘lgan. Darhaqiqat, yaqin atrofda - sovet, keyinchalik Rossiya suv osti kemalari Atlantika okeaniga chiqishi mumkin bo‘lgan yagona yo‘l hisoblanadi. Bundan tashqari, Norvegiya  - NADGE (NATO Air Defence Ground Environment alyansning havo hujumiga qarshi mudofaa tizimining asosiy elementi. Bu yerdan butun Yevropadan Turkiyagacha cho‘zilgan radiolokatsiya stansiyalarining to‘sig‘i boshlangan.

"Norvegiyani nazorat qilish NATOga urush bo‘lsa Atlantika okeaniga Sovet atom suv osti kemalari kelishini oldini olish yoki minimallashtirishga imkon berar edi", - deydi Kureyev. "Shu bilan birga, Oslo o‘z hududiga alyans va AQShning bazalarini joylashtirmasdan, Moskvani NATOning tinch va mudofaa xususiyatiga ega ekanligiga ishontirishga harakat qildi. Biroq, bu viking avlodlariga o‘z hududida alyansning keng ko‘lamli harbiy o‘quv mashqlarni qabul qilish va radiolokatsiya stansiyalarini o‘rnatishga hech qachon xalaqit bermadi".

NATO davlatlari yadroviy urushga tayyorgarlik ko‘rmoqdami?

Fordlar mamlakati uzoq vaqtdan beri Shimoliy Atlantikada patrullik qiladigan AQShning atom suv osti kemalari uchun xavfsiz boshpana bo‘lib xizmat qilmoqda, - bu yerda NATOning AWACS "uchar radarlari" va razvedka samolyotlari uchun aerodromlar jihozlangan.

NATO texnikasini qabul qilish uchun aviabazalar, agar zarur bo‘lsa, ittifoqchi kuchlarni joylashtirish uchun tayyor infratuzilma va ko‘pdab og‘ir qurollarni joylashtirish uchun omborlar mavjud.

"Biroq, Norvegiya ikkinchi Polshaga aylanadi, deb bo‘lmaydi - Osloning o‘z mudofaa doktrinasi mavjud", - deb ta’kidlaydi ekspert. Aholi amerikalik askarlarning mamlakatda joylashtirilganligini salbiy qabul qilishi mumkin, bu yerda hatto eng qo‘rqitadigan seriallar yordam bermaydi. Elektorat buni o‘z-o‘zini himoya qila olmaslik sifatida baholaydi, bu esa hokimiyat foydasiga emas.

Shunga qaramay, RIA Novosti tomonidan so‘ralgan ko‘plab tahlilchilar kelasi yillarda amerikaliklar Skandinaviyaning shimoliga tez-tez tashrif buyurishlariga ishonishadi, va bu tinch maqsadlarda bo‘lmaydi.