TOShKENT, 25 avg — Sputnik. Kecha Jenevada bo‘lib o‘tgan brifingda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bosh direktori Tedros Gebreyesusning ma’lum qilishicha, koronavirusga qarshi vaksina ishlab chiqish va tarqatish bo‘yicha “COVAX” xalqaro mexanizmiga 172 davlat qo‘shildi.
Ayni paytda JSST portfelida koronavirusga qarshi 9 ta vaksina mavjud ekani aytilmoqda.
JSST va uning Yevropa mintaqaviy burosining faol a’zosi sifatida O‘zbekiston ham tashkilotning koronavirusga qarshi emlash dasturiga qo‘shildi.
Tashkilot barcha vaksina ishlab chiqaruvchilar bilan hamkorlik qiladi. Ushbu mexanizm barcha a’zo mamlakatlarning litsenziyalangan va tasdiqlangan vaksinalardan teng foydalanishni ta’minlashga qaratilgan.