TOShKENT, 24 avg — Sputnik. Belarus Mudofaa vazirligi Litva tomonidan mamlakat havo hududini buzishga qaratilgan "provokatsiya"ni oldini oldi. Bu haqda Belarus Mudofaa vazirligi xabar qildi.
Mudofaa vazirligi o‘tgan yakshanba kuni Belarusning havo hududini buzishga urinish yuz bergani haqida ma’lumot berdi.
"Taxminan soat 19.30 larda havo kuchlari va havo mudofaasi kuchlari tomonidan Litva Respublikasidan Oshman viloyatining Volkovshina aholi punktida provokatsiyani oldi olindi. Qo‘shni hududdan davlatga qarshi ramzlarga ega bo‘lgan 8ta shardan iborat zond uchirildi", - deyilgan xabarda.
Havo hujumiga qarshi MI-24 vertolotlari ekipajlari tomonidan qurol ishlatmasdan sharlarning parvozini to‘xtatdi.
Belarus Mudofaa vazirligi holat yuzasidan tegishli materiallarni tayyorladi va ularni mamlakat Tashqi ishlar vazirligiga yubordi. Litvaga tegishli nota tayyorlanadi.