TOShKENT, 22 avg - Sputnik. Davlat statistika qo‘mitasida O‘zbekistonda aholini ro‘yxatga olishga oid meyoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalar ijrosi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi va ustuvor vazifalar belgilab olindi, deb xabar bermoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
Tadbirda statistika ma’lumotlarining shaffofligi, oshkoraligi va qulayligini oshirishni ta’minlash bo‘yicha fikr-mulohaza almashildi. Shuningdek, Jahon banki ko‘magida ishlab chiqilgan "2020–2025- yillarda O‘zbekiston Respublikasi statistikasini rivojlantirishning milliy strategiyasi" xususida batafsil so‘z yuritildi.
Aholini ro‘yxatdan o‘tkazib, O‘zbekiston tengsizlikka barham beradi - Freyzer >>>
Qo‘mita markaziy apparati va hududiy statistika boshqarmalarida ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazishga mas’ul bo‘lgan yangi bo‘linmalar ish faoliyatini yo‘lga qo‘yish va uning vazifalarini belgilash bo‘yicha taklif va tavsiyalar berildi.
Eslatib o‘tamiz, aholini ro‘yxatga olish ishlari 2022-yilning kuzida o‘tkazilishi rejalashtirilgan. O‘zbekistonda aholini ro‘yxatga olish ishlari so‘nggi marta 1989-yilda o‘tkazilgan.