Rossiyaning "Sputnik V" vaksinasi qachon eksportga chiqarilishi ma’lum bo‘ldi

Rossiya tomonidan birinchi bo‘lib ro‘yxatdan o‘tkazilgan vaksinaning eksport bozori to‘laligicha uning ishlab chiqarish aylanmasiga bog‘liq
Sputnik

TOShKENT, 22 avg — Sputnik. Rossiyaning koronavirusga qarshi "Sputnik V" vaksinasining keng ko‘lamli eksporti kelgusi yilda boshlanadi, deya xabar qildi jurnalistlarga Rossiya sanoat va savdo vazirligi rahbari Denis Manturov.

Rossiyaning yangi COVID-19ga qarshi vaksinasi haqida batafsil

"Obyektiv aytadigan bo‘lsak, gap eksport haqida borar ekan, bu taxminimizcha, kelgusi yilning bahori ro‘y beradi", - dedi u.

Eksportni yo‘lga qo‘yishda - ishlab chiqarish ko‘lami, muhim rol o‘ynaydi, deya qo‘shimcha qilgan Manturov.

Bundan tashqari, ko‘p narsa Rossiya institutlarining chet ellik hamkasblari bilan o‘zaro hamkorligiga bog‘liq, qolaversa, bir sikl sinovlardan o‘tishi kerak, deya qayd etgan RF Sanoat va savdo vazirligi rahbari.

"Rossiyaning koronavirusga qarshi vaksinasi: barcha dohiyona narsalar kabi oddiy"

Sentabrda boshlanishi mumkin: O‘zbekistonda kimlar bepul emlanadi >>>

Sal oldin Rossiyaning ushbu vaksinasiga 20 dan ortiq davlatlardan buyurtmalar kelib tushgani haqida xabar bergan edik.

Markaziy Osiyo davlatlari orasida O‘zbekiston Rossiya va Xitoyda ishlab chiqarilgan vaksinalar yuzasidan o‘rganish ishlarini olib borayotganini ma’lum qilgan. Qozog‘iston RFdan koronavirusga qarshi vaksinani xarid qilish masalasini muhokama qilish uchun Moskvaga hukumat delegatsiyasini yuborishini ma’lum qilgan edi. Tojikiston ham bu masalada muzokaralarni boshlab yuborgan

Rossiyada ushbu vaksina bilan birinchi bo‘lib tibbiyot xodimlari emlanishi ma’lum qilingan. Vaksinatsiya sentabrdan boshlanadi.