Tashhis bor, lekin uni e’lon qila olmaymiz - shifokor Navalniyning kasali haqida

Rossiyalik taniqli muxolifatchi Aleksey Navalniy og‘ir ahvolda jonlantirish bo‘limida. uni olib ketish uchun Germaniyadan samolyot uchib kelgan, lekin shifokorlar uni transportirovka qilishga ruxsat berishmayapti.
Sputnik

TOShKENT, 21 avg - Sputnik. Aleksey Navalniyni samolyotdan kasalxonaga yotqizilishi, boshida aytilganidek, zaharlanish bilan bog‘liq emas, dedi Omsk 1-chi tez tibbiy yordam kasalxonasi bosh shifokori o‘rinbosari Anatoliy Kalinichenko.

Shifokor aytishiga ko‘ra, ayni damda shifokorlar "deyarli to‘liq tashxis qo‘yib bo‘lgan".

"Bizda tashhis bor, asoratlar bor, bizda uning joriy holati bor – bularning barchasi biz qo‘ygan tashxis tuzilmasiga to‘la mos keladi. Afsuski, men uni sizga oshkor etolmayman. Tashhis bemorimizning rafiqasi va ukasiga ma’lum qilindi", - deya qo‘shimcha qildi shifokor.

Avvalroq, viloyat shifokorlari N.I.Pirogov nomidagi NMXS va akademik N.N.Burdenko nomidagi neyroxirurgiya NMISdan anesteziolog-reanimatologlar va neyrofiziologlarni taklif qilishgani haqida xabar berilgan edi.

Kasalxonaga yotqizilganidan keyin Navalniyning matbuot kotibi Kira Yarmish u o‘pkani sun’iy shamollatish uskunasiga ulanganini va komada ekanligini aytdi. Yarmish Navalniyning toksik zaharlanligini taxmin qilgan. Ushbu versiya o‘z tasdig‘ini topmadi. O‘tkazilgan tadqiqotlar natijalariga ko‘ra, shifokorlar Navalniyda insult, infarkt yoki infeksion shikastlanish belgilarini aniqlamadilar.

Navalniy zaharlanish gumoni bilan Omskda kasalxonaga yotqizildi

Juma kuni ertalab Omsk BSMP-1 bosh shifokori Aleksandr Muraxovskiy Navalniyning ahvoli barqaror og‘ir deb baholanayotganini, tun davomida biroz yaxshilanganini, ammo "barqaror emas"ligini ma’lum qildi.

Omskda reanimatsiyada yotgan Aleksey Navalniyning transportirovkasi hozircha maqsadga muvofiq emas va xavfli, bu shifokorlar konsiliumining fikri, bu haqda jurnalistlarga Omsk shahridagi BSMP-1 bosh shifokori o‘rinbosari Anatoliy Kalinichenko ma’lum qildi.

AQSh siyosatchilari ham rossiyalik jamoat arbobi Aleksey Navalniyning extimoliy zaharlanishi haqidagi ma’lumotdan juda xavotirda. Kecha AQSh prezidenti Donald Tramp ham AQSh Aleksey Navalniyning kasalxonaga yotqizilishi bilan bog‘liq vaziyatni kuzatayotganini aytdi.

Parij va Berlin Omskda reanimatsiyaga yotqizilgan bloger Aleksey Navalniyga tibbiy yordam ko‘rsatishga tayyor ekanliklarini bildirishdi. Bu haqda Fransiya prezidenti Emmanuel Makron va Germaniya kansleri Angela Merkel qo‘shma matbuot anjumanida aytib o‘tdilar.

Faollar Navalniyni prezidentlikka nomzod etib ko‘rsatishdi

"Janob Navalniyga kelsak, biz vaziyatdan juda tashvishdamiz va qayg‘udamiz", - dedi Makron.

Uning qo‘shimcha qilishicha, Fransiya hukumati blogger bilan bog‘liq voqeani tergovi borasida hushor bo‘ladi. Makron Navalniyning saqlab qolishlariga umid bildirdi.

Germaniya kansleri Angela Merkel Navalniyning kasalxonaga yotqizilgani va uning "tashvishli" holatidan hayratda qolganini aytdi.

"Umid qilaman va uning sog‘ayib ketishini tilab qolaman. Va agar ular buni xohlasalar - menimcha, bu Fransiya va Germaniyaga ham tegishli - biz har qanday tibbiy yordamni, shuningdek, Germaniya shifoxonalarini ham taqdim etishga tayyormiz, ammo xohish (bunday yordamga) u yerda (Rossiyada) bildirilishi kerak", - deya ta’kidladi u.

Aleksey Navalniyning davolovchi vrachi Anastasiya Vasileva Rossiya hukumatidan uni Yevropa toksikologik markaziga olib borilishida yordam berishini so‘radi.

O‘zbekistonliklar Navalniyga munosib javob qaytarishdi

Avvalroq, Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov "agar Navalniyning chet elda davolanishiga ehtiyoj bo‘lsa, bunday murojaatlar tez ko‘rib chiqilishini" aytgan edi.

Germaniyaning Bild gazetasi juma kuni kechqurun Germaniyaning Nyurnberg ayeroportidan tibbiy samolyot uchgani haqida xabar bergan edi. Nashr Navalniy Berlindagi "Sharite" klinikasiga olib borilishi rejalashtirishayotganini taxmin qilmoqda. FlightRadar saytiga ko‘ra, samolyot Omsk aeroportiga mahalliy vaqt bilan 12.10 (Moskva vaqti bilan 09.10)da qo‘ngan, havo porti uning kelganini tasdiqladi.

Eslatib o‘tamiz, payshanba kuni Navalniy Tomskdan Moskvaga uchayotgan samolyot, blogger o‘zini yomon his qilgani sababli shoshilinch Omskka qo‘ndi. U 1-chi tez tibbiy yordam shifoxonasiga yotqizildi, viloyat SSV bemor reanimatsiyada ekanligini ma’lum qildi.