Rossiya-O‘zbekiston munosabatlari yangi bosqichga ko‘tarildi - Turdenev

Rossiya va O‘zbekiston orasida har tomonlama strategik sheriklik to‘g‘risidagi Deklaratsiyaning imzolanishi - kelgusi yillar davomida deyarli barcha sohalarda uni yanada rivojlantirish uchun zamin yaratadi.
Sputnik

TOShKENT, 21 avg - Sputnik. Rossiya va O‘zbekistonning har tomonlama strategik sheriklik to‘g‘risidagi deklaratsiya mamlakatlar o‘rtasidagi munosabatlarni yangi bosqichga olib chiqadi, dedi Rossiyaning respublikadagi elchisi Vladimir Turdenev “Dunyo” AAga bergan intervyusida.

"Rossiya-O‘zbekiston munosabatlarini mutlaqo boshqa darajaga ko‘tarish uchun izchil, tizimli qadamlar qo‘yilmoqda. Rossiya Federatsiyasi va O‘zbekiston Respublikasining har tomonlama strategik sheriklik to‘g‘risidagi Deklaratsiyaning imzolanishi buning amalga oshirayotganimizning yaqqol dalilidir", - dedi Turdenev.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu hujjat "mamlakatlar o‘rtasidagi uzoq muddatli samarali hamkorlikning asosiy mohiyati bo‘lib, kelgusi yillar davomida deyarli barcha sohalarda uni yanada rivojlantirish uchun zamin yaratadi".

"O‘zbekiston prezidentining Rossiyaga bo‘lajak davlat tashrifi mavzusiga to‘xtalar ekanman, aytib o‘tishim kerak, mamlakatlarimiz rahbarlari Vladimir Vladimirovich Putin va Shavkat Miromonovich Mirziyoyev o‘rtasida iliq va samimiy munosabatlar o‘rnatildi", - dedi diplomat.

Rossiya va O‘zbekiston savdo-iqtisodiy hamkorlik haqida yangi memorandum imzoladi

Turdenev, shuningdek, bir necha kun oldin rossiyalik shifokorlar va mutaxassislardan iborat delegatsiya Toshkentga o‘zlarining hamkasblariga koronavirus tarqalishiga qarshi kurashishda va o‘ta og‘ir bemorlarni davolashda yordam berish uchun kelganligini eslatdi.

"Buni mamlakatlarimiz o‘rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklikning eng yaqqol namunasi desak bo‘ladi", - dedi diplomat.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya Federatsiyasi sanoat va savdo vaziri Denis Manturov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari - Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov Hamkorlik to‘g‘risidagi memorandumni imzoladilar.

Memorandum kelajakda axborot sohasidagi hamkorlikni mustahkamlash va milliy qonunchiliklar bo‘yicha va kelgusi istiqbolli loyihalar bo‘yicha ma’lumotlar almashinuvi imkonini beradi.