Eronga qarshi sanksiyalar: AQSh fikri. Noto‘g‘ri fikri

Davlat kotibi Mayk Pompeo Xavfsizlik Kengashi a’zolarini Eronga qarshi sanksiyalarning qaytarish to‘g‘risida xabardor qilish maqsadida BMT qarorgohiga shaxsan o‘zi tashrif buyuradi.
Sputnik

AQSh tashqi siyosiy mahkamasi rahbari Fox News telekanaliga intervyu berib, Amerika rahbariyati voqealarning keyingi rivojini qanday ko‘rishini batafsil aytib berdi.

Eron Ukraina Boingi uchun tovon to‘lashga rozi bo‘ldi

Pompeoning so‘zlariga ko‘ra, "barcha sanksiyalar tiklanib, dunyo yanada xavfsizroq bo‘ladi", chunki "eronliklar Rossiyaning havo mudofaasi tizimlarini, Xitoy tanklarini va Yaqin Sharqdagi tinchlik va barqarorlikka tahdid soladigan barcha narsalarni olish imkoniyatiga ega bo‘lolmay qoladi". Agar boshqa davlatlar (birinchi navbatda Rossiya va Xitoy) AQSh tomonidan tiklanayotgan cheklovlar rejimiga rioya qilishdan bosh tortsalar, unda ular o‘zlari ham cheklovlarga duch kelishadi. Davlat departamenti rahbari ta’kidlashicha, AQSh "mamlakatlar Amerikaning mavjud sanksiyalariga rioya qilmaganlarida, buni avval ham amalga oshirgan, <...>  biz har bir davlatni bu uchun javobgarlikka tortganmiz va biz buni BMTning kengroq sanksiyalariga nisbatan ham qo‘llaymiz".

Eron mavzusining navbatdagi keskin jonlanishi muhim sananing yaqinlashishi bilan bog‘liq - 2020-yil 18-oktabr.

Aynan shu kuni Qo‘shma keng ko‘lamli harakatlar rejasining (SVPD, ko‘proq “yadroviy bitim” deb ataladi) eng muhim moddalaridan biri - qurol-yarog‘ embargosining muddati tugaydi. 18-oktabrgacha Eronga harbiy texnika yetkazib berish ruxsatli hususiyatga ega va har bir holat bo‘yicha BMTning maxsus roziligini talab qiladi.

AQSh esa 2018-yilning o‘zidayoq SVPDdan chiqib ketgan, ammo qurol embargosining yaqinlashayotgan muddati ularni boshqa ishtirokchilar bilan ishlashni kuchaytirishga majbur qildi - bu mavzu amerikaliklar uchun o‘ta muhimdir.

Aynan shu masala bo‘yicha ular bir hafta oldin juda jiddiy muvaffaqiyatsizlikka uchradilar. Vashington embargoni uzaytirish to‘g‘risida qarorni BMT Xavfsizlik Kengashi orqali qabul qilishga urinishi omadsiz yakunlandi.

Gap hattoki, Rossiya va Xitoy o‘zlarining veto huquqlaridan foydalanishganida ham emas. AQSh bunday natijaga oldindan tayyor bo‘lishgan. Ular uchun yoqimsizi - ularni faqat bir mamlakat - Dominikan Respublikasi qo‘llab-quvvatlaganidadir. Xavfsizlik Kengashining barcha a’zolari - ham doimiy, ham  vaqtinchalari, betaraf bo‘lishni afzal ko‘rdilar. O‘zining Eronga qarshi vas-vasasi bilan hammani, shu jumladan o‘z ittifoqchilarini ham charchatganligi Vashington uchun qanchalar sharmandalarcha natija ekanligini tasavvur qilish qiyin emas.

Ammo, albatta, bu ularning pozitsiyalariga hech qanday ta’sir ko‘rsatmadi.

Avvaliga Donald Tramp Vladimir Putinning Eron bo‘yicha yuqori darajadagi onlayn-sammitni o‘tkazish g‘oyasini rad etdi. Rossiya prezidenti Eron atrofidagi vaziyatning keng ko‘lamli mojaroga aylanishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida sammit o‘tkazish taklifini ilgari surgan bir paytda, Amerika tomoni BMT Xavfsizlik Kengashi "qurol embargosini uzaytirish bilan bog‘liq munozaralar uchun eng yaxshi joy" ekanligini va umuman Moskva "bu masalani muhokama qilish uchun hech qanday qonuniy asos yo‘qligini bir necha bor va tushunarsiz ravishda ta’kidlaganidan" g‘azabdaligini ma’lum qildi.

Endi Mayk Pompeoning ijrosidagi yana bir qadam, unda Vashington maqsadga erishish yo‘lida choralar ko‘rishda bir qadam ham orqaga chekinmasligi aniq ko‘rsatdi.

Eron Trampni hibsga olish uchun order berdi — bu Sulaymoniy qotilligi bilan bog‘liq

Har qanday to‘siqlarni rad etib, belgilangan yo‘nalishda harakatlarni davom ettirgan Amerika hukumatining izchilligi va jasoratiga tam berish kerak. Muammo shundaki, ular hozirda bir joydan siljiy olmay, harakat qilishmoqda. Ularning harakatlari va erishilgan natijalar nisbati va umuman, bunday yondashuvning samaradorligi borasida savol tug‘ilishi tabiiy.

Ko‘p yillar davomida Amerikaning tashqi siyosati "singunicha bosim o‘tkazish" tamoyiliga asoslangan edi, chunki u haqiqatan ham ish bergan. Shunchalik samarali bo‘lganki, kuch ishlatish tahdidining o‘zi yetarli bo‘lgan.

Muammo shundaki, anchadan beri ushbu yondashuvning samaradorligi shunchalar shubhali bo‘lib va Amerika tashqi siyosatidagi muvaffaqiyatsizliklar ro‘yxati shu qadar kengaydiki, barcha itoatsizlarni jazolash va ularni o‘zlari istagan xatti-harakatlarga majburlash va’dalari qo‘rquvni emas, aksincha, takabburona istehzo, befarqlik va AQShda istagan narsalariga yetishish uchun imkoniyati yo‘qligiga ishonchni vujudga keltirmoqda.

Allaqachon sanksiyalar ostida bo‘lib kelayotgan Rossiya va Xitoyni yangi sanksiyalar bilan qo‘rqitish befoyda. Bundan tashqari, tarozining boshqa tomonida o‘z qurol-yarog‘larini yangilash zaruriyatiga ega va buning uchun to‘lashga tayyor Eron. Amerika aqalla o‘z ittifoqchisi bo‘lgan va Rossiyaning S-400 tizimlarini sotib olgan Turkiyani jilovlay olmagan bo‘lsa, unda "yaramas davlat"ni o‘ziga bo‘ysindirish imkoniyatlari qanday bo‘larkin?

Ovoz berishda betaraf bo‘lgan G‘arb mamlakatlari, shu jumladan AQShning eng yaqin ittifoqchisi Buyuk Britaniya ham, ko‘rinishidan Eronning ulkan qurol bozoridan bir yoqimli qismini olishga xafsalasi baland. Shunchalar balandki, okean ortidagi hamkorining noroziligi va tahdidlari o‘z pozitsiyasini o‘zgartirishga asosli sabab deb ko‘rinmayapti.