Sentabrda boshlanishi mumkin: O‘zbekistonda kimlar bepul emlanadi

"Hujjatda vaksinalarni chetdan olib kelish va joylarda emlash punktlarini tashkil etish ishlari ko‘zda tutilgan. Agar dastur kuchga kirsa bu ishlarni sentabrdan boshlash rejalashtirilgan", – deb ma’lum qilgan mutaxassis.
Sputnik

TOShKENT, 20 avg - Sputnik. O‘zbekistonda "Muruvvat", "Saxovat" uylarida yashovchi shaxslar hamda mehribonlik, va go‘daklar uylarining tarbiyalanuvchilari uchun grippga qarshi vaksinalar davlat budjeti hisobidan - bepul yetkazib beriladi. Bu haqda Epidemiolog Rustam Ikromov ma’lum qilgan.

Sentabrdan aholini gripp va pnevmoniyaga qarshi emlash boshlanadi

Eslatib o‘tamiz, avvalroq, O‘zbekiston aholisi sentabr oyida gripp va pnevmoniyaga qarshi emlanishi mumkinligi, shu maqsadda hukumat darajasida kerakli chora-tadbirlar olib borilayotgani haqida ma’lum qilingan edi.

Epidemiolog Rustam Ikromovning qo‘shimcha tushuntirish berishicha, gripp va pnevmoniyaga qarshi emlash bo‘yicha ishlab chiqilgan chora-tadbirlar dasturi hozircha reja. Taklif sifatida hukumatga taqdim etilgan.

"Hujjatda vaksinalarni chetdan olib kelish va joylarda emlash punktlarini tashkil etish ishlari ko‘zda tutilgan. Agar dastur kuchga kirsa bu ishlarni sentabrdan boshlash rejalashtirilgan", – deydi mutaxassis.

Aholining qolgan qismi o‘z hisobidan, tashkilot xodimlari o‘sha idora mablag‘laridan xususiy vaksina emlash markazlari orqali vaksina olishlari mumkin, deya aniqlik kiritgan Ikromov.