Farg‘onada 4,5 milliard kreditni o‘zlashtirib olgan talonchilar ushlandi

Farg‘onada jinoiy guruh bankning 4,5 milliard so‘m kredit mablag‘larini o‘zlashtirib, daromadlarini legallashtirmoqchi bo‘lganda qo‘lga olindi.
Sputnik

TOShKENT, 20 avg - Sputnik. Farg‘ona shahrida, ikki kishidan iborat jinoiy guruh katta miqdordagi mablag‘larni talon-taroj qilgani aniqlandi, deb xabar qilmoqda Bosh prokuratura huzuridagi Tergov departamenti.

Kredit mablag‘larini “yevorgan” bank xodimlariga nisbatan jinoyat ishi ochildi

Tekshiruvda ma’lum bo‘lishicha "X" xususiy korxonasi rahbari N.I. bankdan ajratilgan 4,5 milliard kreditni fuqaro A.Sh.ning plastik kartasiga o‘tkazib talon-taroj qilgan.

Xususan, mablag‘ning 820 mln so‘mni uchinchi tomon kreditini qoplashga, qolganini esa - naqdlashtirib 47 dona turli rusumdagi yengil avtomashinalarni sotib olishga sarflangan. 

Ushbu ish yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a” bandi va 243-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda. (Katta miqdordagi mablag‘larni o‘zlashtirish va talon-taroj qilish, Noqonuniy daromadlarni legallashtirish)