Avtomobillar narxini pasaytirishning imkoni yo‘q - UzAuto Motors

UzAuto Motors Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining ko‘rsatmasini bajarishning imkoni yo‘q deb hisoblaydi.
Sputnik

TOShKENT, 20 avg - Sputnik. UzAuto Motors Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining narxlarni tushirish haqidagi ko‘rsatmasini rad etdi. 

Kompaniya ta’kidlashiga ko‘ra, avtomobillar narxi asosli ravishda oshirilgan va ularni tushirishning imkoni yo‘q. 

"Avtomobillar narx asosli va hozirgi vaziyatda narxni pasaytirish imkonsiz", - deya qo‘shimcha qildi UzAuto Motors.

Kompaniya bayonotida shuningdek, avtomobillarni ishlab chiqarish jarayoni murakkab ekanligi, 

Monopoliyaga qarshi kurash qo‘mitasi UzAuto narxlarini 10%ga tushirishni buyurdi
va bahsli masalalarni asoslash uchun qo‘shimcha materiallarni tayyorlash uchun ularga qisqa vaqt berilganligini ta’kidlashgan. Va aynan ushbu vaziyat tufayli kompaniya UzAuto Motors AJ ishini ko‘rib chiqishni keyinroqqa qoldirishi ta’kidlagan. 

Eslatib o‘tamiz, kompaniya “Raqobat to‘g‘risida”gi qonunni buzganlikda gumonlanmoqda. Monopoliyaga qarshi kurash qo‘mitasining maxsus komissiyasi xulosasiga ko‘ra, UzAuto Motors AJ 2020-yilning mart oyida  avtomobillar narxini asossiz ravishda 10,29% ga oshirgani haqida xabar bergan va kompaniyaga narxlarni tushirishga ko‘rsatma bergan edi.