O‘zlari hal qiladi: Yevropa Kengashi rahbari Belarus ishlariga aralashmaslikka chaqirdi

Belarusda prezident saylovidan so‘ng boshlangan ko‘p sonli namoyishlar munosabati bilan bir qator G‘arb siyosatchilari Belarus hukumatidan zo‘ravonlikni to‘xtatishni va yangi saylovlar o‘tkazishni talab qilishgan edi.
Sputnik

TOShKENT, 18 avg - Sputnik. Yevropa Kengashi rahbari Sharl Mishel 19-avgust kuni bo‘lib o‘tadigan sammitiga o‘z taklifida, YeI mamlakatlari rahbarlarini Belarus ishlariga aralashmaslikka va mamlakat xalqi o‘z kelajagini o‘zi belgilashiga yo‘l qo‘yib berishiga chaqirdi.

"Belarus xalqi o‘z kelajagini mustaqil ravishda belgilash huquqiga ega. Buni ta’minlash uchun zo‘ravonlikni to‘xtatish, tinch va inklyuziv muloqotni boshlash zarur. Belarus rahbariyati xalqning xohish-irodasini aks ettirishi kerak. Tashqi aralashuv bo‘lmasligi kerak", - bayonotning matnini keltiradi RIA Novosti.

Avvalroq Mishel Belarus masalasi bo‘yicha Yevropa Kengashini 19-avgust kuniga chaqirgan edi. Uchrashuv mahalliy vaqt bilan 12.00 (Moskva vaqti bilan 13.00) videokonferensiya formatida boshlanadi.

9 avgust kuni amaldagi davlat rahbari Aleksandr Lukashenko g‘alaba qozongan prezidentlik saylovlaridan so‘ng, respublika bo‘ylab ish tashlashlar va norozilik namoyishlari boshlandi - MSK ma’lumotlariga ko‘ra, u 80,1% ovoz to‘pladi.

Lukashenko o‘z tarafdorlari oldida nutq so‘zladi - asosiy fikrlar

Uning raqibi Svetlana Tixanovskaya, rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 10,1% ovozlar bilan ikkinchi o‘rinni egalladi. Uning shtabida bu raqamlarni tan olinmadi-da va muxolifat nomzodi 50 foizdan ko‘proq ovoz to‘plagani ta’kidlandi.

Yevropa Ittifoqi Lukashenkoning prezident etib saylanishini tan olmayotganini ma’lum qildi. G‘arbning bir qator siyosatchilari Belarus hukumatini yangi saylovlar o‘tkazishga, shuningdek, namoyishchilarga qarshi xavfsizlik kuchlarining zo‘ravonligini to‘xtatishga chaqirdi.

Avvalroq Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko zo‘ravonlik harakatlari namoyish ishtirokchilariga nisbatan ba’zi namoyishchilarning provokatsiyalariga javoban ishlatilganini ta’kidladi. U bir necha bor hibsga olingan tartibsizliklarning ko‘plab ishtirokchilarining mast bo‘lganini yoki giyohvand moddalar ta’siri ostida bo‘lganini ma’lum qilgan.

Avvalroq Sputnik radiosi Belarus Sog‘liqni saqlash vazirligi namoyishlar davomida ikki kishi halok bo‘lganini ma’lum qilganini xabar bergan edi.