Tramp Obama va Baydenga laqab topdi

Demokrat Bayden respublikachi Trampning noyabrda bo‘lib o‘tadigan prezident saylovlaridagi asosiy raqibidir.  Tramp muntazam ravishda uni "Uyqusiragan Jo", deya atab, achchig‘ini chiqarib turadi
Sputnik

TOShKENT, 17 avg - Sputnik. Siyosiy raqiblariga laqab topishni yoqtiradigan AQSh prezidenti Donald Tramp o‘zidan oldingi prezident Barak Obama va u bilan birga vitse-prezident sifatida ishlagan Jo Baydenni bitta ism bilan atashni taklif qildi.

Tramp AQSh tarixida yo‘l qo‘yilgan eng katta xatoni aytdi

Dushanba kuni Minessotada chiqish qilgan Tramp navbatdagi bor Obamaning iqtisodiy siyosatini qattiq tanqid qildi. Tramp fikricha, Obama olib borgan iqtisodiy siyosat ayni saylovlarda old o‘ringa olib chiqilayotgan oddiy amerikalik ishchilar manfaatiga tamomila zid bo‘lgan.

"Bu Obama va Bayden. Agar qisqacha aytadigan bo‘lsak, men ularni Obayden, deb atayman. Menga bu atama yoqadi, u ancha vaqtni iqtisod qiladi", - degan prezident.

Demokrat Bayden respublikachi Trampning noyabrda bo‘lib o‘tadigan prezident saylovlaridagi asosiy raqibidir.  Tramp muntazam ravishda uni "Uyqusiragan Jo", deya atab, achchig‘ini chiqarib turadi.