Eng kuchlilar orasida: O‘zbekiston tankchilariga kim raqiblik qiladi?

23 avgust, yakshanba kuni “Tank biatloni” musobaqasi boshlanadi. Birinchi bo‘lib 16 ta davlatning eng kuchli tankchilari bellashuvga kirishadi.
Sputnik

TOShKENT, 18 avg — Sputnik.  23 avgust, yakshanba kuni “Tank biatloni” musobaqasi boshlanadi. Birinchi bo‘lib 16 ta davlatning eng kuchli tankchilari bellashuvga kirishadi. Musobaqani yoritib borish uchun tashkil etilgan rasmiy saytda jadval joylashtirildi.

ArMI – 2020: o‘zbekistonlik tankchilar musobaqaga qanday tayyorgarlik ko‘rmoqda

Barcha jamoalar 2ta divizionga bo‘lindi, har birida 8ta davlat. 

Birinchi divizionda Rossiya, Belarus, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Xitoy, Serbiya va O‘zbekiston tankchilari qatnashadi.

Abxaziya, Vyetnam, Qatar, Kongo, Laos, Myanma, Tojikiston va Janubiy Osetiya jamoalari ikkinchi divizionda kuch sinashadi.

Bundan avval o‘zbekistonlik tankchilar Moskva viloyatidagi “Alabino” poligonida musobaqaga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rayotgani haqida xabar bergandik.