BP koronavirus fonida boyib qolishni istagan MChJlarni fosh qildi

Butun dunyoni qamrab olgan pandemiya fonida oddiy odamlarga dori narxlarini qimmatroq pullashni istagan mas’uliyati cheklangan jamiyat a’zolari qo‘lga olindi
Sputnik

TOShKENT, 18 avg - Sputnik. Pandemiya sharoitida talab yuqori bo‘lgan dori vositalarini qimmat sotayotgan MChJ mas’ullari ushlandi, deb xabar berdi Bosh prokuratura matbuot-xizmati.

"Ishlamagan tishlaydi": mahalla raisi va ABKM vakili 36,2 mln so‘mni o‘zlashtirdi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yakkasaroy tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, "C.S.", "F.M.", "O", "C.T." va "N.F." MChJlar mas’ullari va fuqaro I.N. qo‘lga olingan.

Ular noqonuniy daromad orttirish maqsadida o‘zaro oldindan til biriktirib, koronavirus pandemiyasi davrida aholi tomonidan talab yuqori bo‘lgan "ENOX-4000 anti-Xa IU/0.4ml" dori vositasini narxini sun’iy ravishda oshirgan. Fuqaro A.ga 156 quti dorini har bir qutisini 440 ming so‘mdan hisoblab, jami 68,6 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlanganlar.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 1863-moddasi 2-qismi bilan bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

BSST ma’lumotlariga ko‘ra, butun dunyoda koronavirusga chalinganlar soni 22 milliondan oshgan. Infeksiyalanganlar soni O‘zbekistonda 36 100 nafarga yetgan. Qurbonlar soni 240 kishini tashkil qilmoqda.