To‘ra Bobolov koronavirusdan tuzalib, Termezga qaytdi

Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov Toshkent shahrida davolanishdan so‘ng butkul sog‘ayib, Termezga qaytdi.
Sputnik

TOShKENT, 16 avg — Sputnik. Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov Toshkent shahrida davolanishdan so‘ng butkul sog‘ayib, Termezga qaytdi. Bu haqda viloyat matbuot xizmati xabar qildi. 

Besh hududda yana 243 kishi koronavirusga chalindi

Bobolov Termiz xalqaro aeroportida viloyat sektorlari rahbarlari, viloyat hokimi o‘rinbosarlari va boshqa mutasaddilar bilan muloqot o‘tkazib, vohada olib borilayotgan islohotlarni izchil davom ettirish, koronavirus pandemiyasini jilovlash, aholi salomatligini muhofaza qilish, pandemiya sharoitida ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa sohalarning barqaror ishlashini ta’minlash hamda boshqa zarur masalalar hususida atroflicha fikr almashdi.