Koronavirus qanday paydo bo‘lgani haqida yangi versiya e’lon qilindi

Tadqiqotchilar Xitoyning Yunnan provinsiyasida konchilarni davolagan shifokorning yozuvlarini topdilar.
Sputnik

TOShKENT, 16 avg — Sputnik. Koronavirus 2012-yilning o‘zida inson organizmiga moslashib olgan bo‘lishi (adaptatsiya) mumkin. Bu haqda The Sun nashri virusolog Jonatan Latem va biolog Ellison Uilsonga asosan xabar qildi.

BSST rahbari dunyo yetakchilarini koronavirus tarqalishini bostirishga chaqirdi

Tadqiqotchilar Xitoyning Yunnan provinsiyasida konchilarni davolagan shifokorning yozuvlarini topdilar. O‘sha yilda 2 hafta davomida shaxtani ko‘rshapalaklarning axlatidan tozalagan konchilarda COVID-19’ga xos bo‘lgan simptomlar aniqlangan: pnevmoniya, quruq yo‘tal, mushaklarda og‘riq va yuqori isitma. Bemorlarga o‘pkani sun’iy ventilyatsiya apparatlari zarur bo‘lib qoldi, 6 nafar ishchidan 3 nafari vafot etdi.

Konchilarning tahlil namunalari Uxandagi laboratoriyaga yuborildi, u yerda atipik pnevmoniyaga o‘xshash koronavirusni yuqtirib olgani ma’lum bo‘ldi. Tadqiqotchilarning so‘zlariga ko‘ra, COVID-19 allaqachon inson organizmiga moslashib olgan deb hisoblash uchun asos bor.

So‘nggi oylarda yangi koronavirus qanday paydo bo‘lgani borasida turli xil taxminlar ilgari surildi. Ammo Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan infeksiya hali to‘liq o‘rganilmagani va yakuniy xulosalar qilishga erta ekanini ma’lum qildi. Mutaxassislar tadqiqot ishlarini davom ettirishmoqda.