Rossiyada koronavirusga qarshi vaksina ishlab chiqarilishi boshlandi

Preparat ishlab chiqilishiga Rossiya to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar fondi ham hissa qo‘shdi. Fond rahbari Kirill Dmitriyev ayni vaqtda 20dan ortiq davlatdan milliard doza vaksinaga ariza kelib tushgani haqida ma’lum qildi.
Sputnik

TOShKENT, 15 avg — Sputnik. Sog‘liqni saqlash vazirligi Rossiyada COVID-19ga qarshi vaksina ishlab-chiqarilishi yo‘lga qo‘yilgani haqida xabar qildi.

Tramp Rossiyaning koronavirusga qarshi vaksinasi haqida fikr bildirdi

Ushbu preparat Gamaleya nomidagi epidemiologiya i mikrobiologiya milliy tadqiqot markazi mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan.

Eslatib o‘tamiz, shu haftada Vladimir Putin Rossiya dunyoda birinchi bo‘lib COVID-19ga qarshi preparatni ro‘yxatdan o‘tkazgani haqida xabar bergan edi. Vaksina "Sputnik V" deya nom oldi.

Preparat ishlab chiqilishiga Rossiya to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar fondi ham hissa qo‘shdi. Fond rahbari Kirill Dmitriyev ayni vaqtda 20dan ortiq davlatdan milliard doza vaksinaga ariza kelib tushgani haqida ma’lum qildi.

Rossiya dunyoda birinchi bo‘lib COVID-19 ga qarshi vaksinani ro‘yxatga oldi - video

Shu bilan birga, Rossiya beshta davlat hududida vaksina ishlab chiqarilishini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvga erishgan.

Dorivor o‘simliklar davlat reyestri axborotiga ko‘ra, preparat muskullar ichiga yuboriladigan eritma ko‘rinishida bo‘ladi. Vaksinatsiya ikki bosqichda amalga oshiriladi: dastlab — I komponent, so‘ngra uch haftadan so‘ng — II komponent bilan.

Sog‘liqni saqlash vazirligi axborotiga ko‘ra, ikki bosqichli sxema davomiyligi ikki yilgacha bo‘lgan immunitetni shakllantirishga imkon beradi.

Idora shuningdek, preparatning klinikga qadar va klinik sinovlari haqida ma’lumotlar e’lon qilinishi haqida xabar bergan. Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligi Mixail Murashko chet eldan yangrayotgan tanqidlar, ko‘pdan ko‘p hollarda "ma’lumotlar tanqisligi" bilan bog‘liqligini, "vaksina - negizida oltita mahsulot yaratilgan platformada ishlab chiqilganini" ko‘pchilik bilmasligini qayd etgan.