Rossiya va Belarus harbiylari Farg‘onaga yetib keldi

Mehmonlar uchun tantanali miting va Rossiya hamda Belorussiya davlatlari bayroqlarini ko‘tarish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Sputnik

TOShKENT, 15 avg - Sputnik. Rossiya va Belorussiya harbiylari Farg‘ona xalqaro aeroportida tantanali ravishda kutib olindi, deb xabar bermoqda Mudofaa vazirligi Sharqiy harbiy okrug matbuot-xizmati.

Rossiya va Belarus harbiylari Farg‘onaga yetib keldi

Rossiya va Belorussiya davlatlarining harbiy jamoalari "ARMI – 2020" musobaqasining "Yo‘l patruli" yo‘nalishida ishtirok etadi.

Rossiya va Belarus harbiylari Farg‘onaga yetib keldi

Mehmonlar munosib hordiq chiqarishlari uchun Sharqiy harbiy okrugga qarashli harbiy qismda  joylashtirildi.

Shundan so‘ng mehmonlar uchun tantanali miting va Rossiya hamda Belorussiya davlatlari bayroqlarini ko‘tarish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Rossiya va Belarus harbiylari Farg‘onaga yetib keldi

Barcha tadbirlar karantin qoidalari asosida o‘tkazildi, deb ta’kidlangan xabarda.

ArMI – 2020: o‘zbekistonlik tankchilar musobaqaga qanday tayyorgarlik ko‘rmoqda

Eslatib o‘tamiz, sal oldin o‘zbekistonlik harbiy xizmatchilar 23-avgustdan 5-sentabrga qadar bo‘lib o‘tadigan Xalqaro armiya o‘yinlarida ishtirok etishi haqida xabar bergan edik. 

ArMI-2020 da o‘zbekistonlik harbiylar Rossiya hududida bo‘lib o‘tadigan 12 ta musobaqalarda ishtirok etishadi: "Tank biatloni", "Artilleriya olovi ustasi", "Zirhlangan tank texnikasi ustasi", "Musaffo osmon", "Ot marafoni", "Xavfsiz yo‘nalish", "Elburs halqasi", "Xavfsiz muhit", "Harbiy ralli", "Sodiq do‘st", "Qo‘shin razvedkasi a’lochisi" va "Qurolsoz usta".

Bundan tashqari, o‘zbek harbiylari ona yurtidagi ikki musobaqalarda ishtirok etishadi. Bu "Harbiy- tibbiy estafeta" va "Yo‘l patruli" musobaqalari. Shuningdek, ular Qozog‘istondagi aloqa bo‘linmalarining "Ishonchli qabul" va Belarusdagi "Merganlar chegarasi" musobaqasida bellashishadi.