TOShKENT, 15 avg - Sputnik. Bir guruh rossiyalik mutaxassislar O‘zbekistonga kelishga tayyorlanishmoqda. Bu haqda AOKA huzuridagi shtabda bo‘lib o‘tgan brifingda Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi Barno Abdusamatova ma’lum qildi
"16 avgust kuni 40 nafar mutaxassis koronavirusga qarshi kurashda ko‘maklashish uchun kelishlari kutilmoqda. Bir oy davomida ular koronavirusga qarshi kurashish doirasida o‘zbekistonlik mutaxassislar bilan hamkorlikda ishlashadi, amaliy-uslubiy yordam berishadi", - dedi Abdusamatova.
Ularning barchasi COVID-19 tashxisli bemorlarni davolash tajribasiga ega. Shifokorlar guruhida anestiziolog-reanimatologlar, infeksionistlar, epidemiologlar va terapevt shifokorlar bor.
Ta’kidlash kerakki, rossiyalik mutaxassislar yaqinda Qozog‘iston va Qirg‘izistondan bo‘lib, koronavirusga qarshi kurashdagi o‘z vazifalarni amalga oshirib qaytishdi.