O‘zbekiston MDHda mehnat migratsiyasini tartibga solish to‘g‘risidagi hujjatga qo‘shildi

Ushbu qadamning maqsadi Hamdo‘stlik mamlakatlari hududida mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlikni yanada rivojlantirishdir.
Sputnik

TOShKENT, 14 avg - Sputnik. O‘zbekiston MDH mamlakatlarida mehnat, migratsiya va aholini ijtimoiy himoya qilish bo‘yicha maslahat kengashini tuzish to‘g‘risidagi bitimga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risidagi protokolga qo‘shildi. Respublika rahbari Shavkat Mirziyoyevning tegishli qarori Norma.uz saytida joylashtirildi.

Migratsiya sohasidagi vaziyat xavotir uyg‘otmoqda – Medvedev

Maslahat kengashi to‘g‘risidagi bitim 1992-yil noyabr oyida imzolangan, o‘zgartirishlar kiritish haqida protokol 2016-yil 28-oktabrda Minsk shahrida bo‘lib o‘tgan MDHga a’zo davlatlar rahbarlarining uchrashuvidan so‘ng imzolangan.

"MDHga a’zo davlatlar mehnat, migratsiya va aholini ijtimoiy himoya qilish bo‘yicha maslahat kengashini tuzish to‘g‘risidagi bitimga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida protokolga qo‘shilsin", - deyiladi hujjatda.

Farmonga muvofiq bitimning bajarilishi O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi zimmasiga yuklatildi.

Bitimga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarning maqsadi MDH hududida mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlikni yanada rivojlantirishdir, deb izohlashdi RIA Novosti-ga Bandlik vazirligida.

Vazirlik vakilining so‘zlariga ko‘ra, hujjat Hamdo‘stlik idoralarining hamkorlik bo‘yicha vakolatlarini taqsimlanishini va migratsiya sohasidagi vazifalarning takrorlanishini bartaraf etishni ta’minlaydi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston 2020-yil 1-yanvardan boshlab MDHga raislik qilmoqda.