Toshkentdagi YTHda 20 yoshli qiz qurbon bo‘ldi

Znak avariynoy ostanovki
Yakkasaroy tumanida “Cobalt” mashinasi beton to‘siqqa borib urildi. YTHda uch kishi jarohatlandi, bir kishi esa qurbon bo‘ldi.
Sputnik

TOShKENT, 13 avg — Sputnik. Toshkent shahridagi yo‘l-transport hodisasi oqibatida 20 yoshli qiz qurbon bo‘ldi. Bu haqda poytaxt IIBB matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Avariya
Halokatli obgon: Jizzaxdagi avariyada ikki ayol vafot etdi, norasidalar kasalxonada

Xabarda yozilishicha, 11-avgust kuni Qushbegi massivida 19 yoshli D.M. “Cobalt” rusumli avtomobilni boshqarish davomida boshqaruvni yo‘qotib, beton to‘siqqa borib urilgan. 

YTH natijasida haydovchi va uning uch nafar yo‘lovchilari – 20 yoshli N.B., D.Sh. va A.K.lar tan jarohati olgan va shifoxonaga olib borilgan. Tibbiyot xodimlarining sa’y-harakatlariga qaramasdan A.K. shifoxonada vafot etdi.

Hodisa sabablari aniqlanmoqda.

Holat yuzasidan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 266 moddasi 2 qismi bilan jinoiy ish ochilgan.