Xitoy 50ta davlat bilan avia-parvozlarni tikladi

Qayd etilishicha, Xitoyda epidemiya boshlangandan buyon ilk marotaba bir sutka davomida COVID-19 ni yuqtirganlik holati aniqlanmagan.
Sputnik

TOShKENT, 13 avg - Sputnik. Xitoy dunyoning 50ta davlati bilan koronavirus pandemiyasi tufayli vaqtincha to‘xtatilgan avia-parvozlarni qayta tikladi, deb xabar berdi RIA Novosti XXR hukumati tarqatgan ma’lumot asosida.

O‘zbekistonda 15-avgustdan keyin qaysi karantin cheklovlari saqlab qolinadi

Qayd etilishicha, Xitoyda epidemiya boshlangandan buyon ilk marotaba bir sutka davomida COVID-19 ni yuqtirganlik holati aniqlanmagan.

Eslatib o‘tamiz, kuni kecha Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan O‘zbekistonga xorijiy davlatlardan fuqarolarni kirishi bo‘yicha toifaga (yashil, sariq, qizil) ajratilgan davlatlar ro‘yxati tasdiqlandi.

Sanitariya-epidemiologik vaziyat barqaror bo‘lgan davlatlardan amalga oshiriladigan "yashil reys"larga – Xitoy Xalq Respublikasi, Tayland, Malayziya, Janubiy Koreya, Gruziya, Vengriya, Latviya, Yaponiya kiritilgan. Oxirgi 10 kun ushbu mamlakatlarda bo‘lib turgan va O‘zbekistonga kirib kelgan shaxslar karantin nazoratiga olinmasligi belgilangan.