Iroqda urush boshlab, Amerikani boy berish: bu qanday ro‘y berdi

Amerikaning hozirgi milliy ofati birinchi navbatda Iroqdagi muvaffaqiyatsiz avnturasidan keyin boshlandi.
Sputnik

AQShning hozirgi milliy ofati birinchi navbatda Iroqdagi muvaffaqiyatsiz avnturasidan keyin boshlandi (yoki qo‘zg‘atildi): bu hozirda xuddi yaqqol bo‘lgan qator voqealardan kelib chiqqanday. Amerikada endigina chop etilgan bu kitob nafaqat 2003-yil mart oyida Iroqqa aralashuvni qanday va kim tomonidan amalga oshirilganligi batafsil tahlil qilingani uchun yaxshi. Shuningdek, u gap nafaqat o‘sha paytda hukmronlik qilgan guruh - Jorj Bush va boshqalarning nomuvofiqligidaligi to‘g‘risida munozalaralni keltirib chiqarmoqda.

"Nomuvofiqlik qayerdan kelib chiqadi?" kabi chuqur sabablar ham mavjud... Gap Robert Dreyperning "Urushni boshlash. Bush ma’muriyati qanday qilib Amerikani Iroqqa qanday qilib jalb qildi" (To Start a War, by Robert Draper, kitob nomi -tahr.) asarida. Muallif Bush oilasi bilan do‘stona munosabatlarda bo‘lgan - bu kitobni yozishni boshlagan paytgacha: shundan sobiq prezident u bilan gaplashmay qo‘ydi. Boshqalar bu ishni qilmadi. Dreyper o‘sha davrning yuzlab amaldorlari bilan suhbatlarni yig‘di, bu matnni ko‘p ham o‘qilmaydigan, ammo juda foydali qiladi.

"Yanki, gou xoum!": Suriyada nimalar boshlandi

Keling, masalani bizning zamonamizning odami ko‘zi bilan ko‘rib chiqaylik - bu amerikalik bo‘lishi shart emas. Iroqdagi urush Amerika va dunyoga nima olib keldi?

1. Eng ravshani: 90-yillarning oxiridagi dunyoda hozir uni boshqarayotgan yagona super qudratli davlat mavjud degan tasavvurlar puchga chiqdi. Chunki super qudratli davlat barchaga zaifligi aniq raqib bilan urushda albatta g‘alaba qozonishi mumkinligini ko‘rsatdi (60-70-chi yillarda Hindixitoydan farqli o‘laroq), ammo bunday g‘alaba g‘olibni ham yakson qiladi.

2. Ma’lum bo‘ldiki, bunday vaziyatda eng yaqin ittifoqchilar (Germaniya va Fransiya), shuningdek, xayrixoh hamkorlar (Rossiya) ham o‘z nuqtayi nazariga ega bo‘lishi mumkin va kerak bo‘lganda Amerikani e’tiborsiz qoldirishi mumkin.

3. Shunday bo‘ldiki, bir mamlakatni (ya’ni Iroqni) egallab olgan Amerika o‘zining moliyaviy va boshqa qudrati bo‘lishiga qaramay, bu mamlakatni baxtli va gullab-yashnayotgan qila olmadi. Demak, AQShning (va G‘arbning) siyosiy va qadriyatlari tizimlari eksportga mos emas, bu dunyodagi o‘nlab davlatlarning to‘g‘ri fikrlashi va xatti-harakatlariga olib keladi. Ya’ni, Amerikasiz ham nafaqat yashash mumkin, balki zarurdir ham.

4. Va Amerika jamoatchiligining bugungi kundagi butun boshqaruv tizimining bo‘linishi va mafkuraviy inqirozi to‘g‘risida hali izlanishlar olib borilmagan savoli bor, moliyaviy jihatlarini gapirmasa ham bo‘ladi - agar Iroq avanturasi bo‘lmaganida mamlakatda bu falokat sodir bo‘larmidi? Qanday bo‘lmasin, Iroq bunga muhim hissa qo‘shdi.

Dreyperning kitobi birinchi navbatda bizga ko‘rinishidan tasodifiy sujetni yoritib bermoqda: Amerika razvedkasining tanazzulga uchraganini. Ma’lum bo‘lishicha, 90-chi yillarning oxirida Markaziy razvedka boshqarmasi Bill Klinton ma’muriyatida agentlikni bir necha qismga bo‘linib ketish ehtimoliga qadar muammolarga duch kelgan. Ammo 2001-yil 11-sentabrda terakt sodir bo‘ldi va boshqarmaning o‘sha paytdagi rahbari Jorj Tenetda ta’sir doirasini tiklashga umidlar paydo bo‘ldi.

Iroqda ID* rahbarlaridan biri qo‘lga olindi

Aytgancha, 90-chi yillarda Markaziy razvedka boshqarmasining muvaffaqiyatsizliklari o‘zining va turlicha sabablari bo‘lgan, ammo keyinchalik kulgili vaziyat yuzaga keldi - aynan Yaqin Sharqda (bu butun Iroq voqeasi natijalariga ko‘ra ma’lum bo‘ldi) aqlli va qobiliyatli mutaxassislar yetishmasligi ayon bo‘ldi. Keyin esa Tenet isbotlab bo‘lmas narsani isbotlash kerak bo‘lib qoldi - Iroq yetakchisi Saddam Husayn 11-sentabr terror hujumini amalga oshirgan "Al-Qoida"* bilan yashirin ittifoqchiligini va AQShga qarshi ommaviy qirg‘in quroli tayyorlayotganini isbotlashi kerak edi.

Bunday holatlarda yomon razvedka o‘zini qanday tutadi? U soxta narsalarni tayyorlab, ularga ishonishni so‘raydi. Darvoqe, 2003-yil bilan taqqoslaganda vaziyat deyarli o‘zgarmadi, "Rossiyaning Amerika saylovlariga aralashishi" haqidagi yaramas voqea ham sohta materiallarga asoslangan edi. Umuman olganda, aqlli razvedka davlatga katta pul tejab beradi, ahmog‘i katta muammolarni keltirib chiqaradi.

Ammo bitta idoraning muvaffaqqiyatsizligi – bu kamdan-kam uchraydigan hol. Agar Jorj Bush shaxsan va u tayinlagan odamlar MRBdan bu kabi soxta ma’lumotlarni talab qilmagan bo‘lganida, Iroqda falokat ro‘y bermagan bo‘lardi. Ha, Tenet o‘z idorasini Saddam AQSh uchun tahdid degan fikrni "ommaga sotadigan" agentlikka aylantirdi. Ammo uni bunga o‘sha davrning deyarli barcha asosiy qahramonlari - Mudofaa vaziri o‘rinbosari Pol Vulfovis va uning boshlig‘i Donald Ramsfeld, vitse-prezident Dik Cheyni va birinchi navbatda prezidentning o‘zi majburlashdi.

G‘arb birinchi marta ruslarning Suriyadagi harbiy muvaffaqiyatini tan oldi

Ular buni nima sababdan qildilar? Chunki ular globalizmning mafkurachilari bo‘lgan, ya’ni Amerikaning butun dunyo bo‘ylab to‘siqlarsiz yetakchiligini. Hatto  oldingi lavozimlarida ham, 90-chi yillarning oxirlarida ular Kongress tomonidan "Iroqni ozod qilish to‘g‘risida" qonun qabul qilinishiga erishdilar, komissiyalar tuzdilar, va bu komissiyalar aslida MRBni Iroqdan (va shu bilan birga Eron va Shimoliy Koreyadan) kelib chiqqan "tahdid"larga e’tibor bermaganlikda aybladilar. Terrorchilar Nyu-Yorkka hujum uyushtirganlarida esa, mamlakat boshqarib bo‘lmaydigan isteriyaga sho‘ng‘idi, va bundan bu odamlar foydalanmay qo‘ymadi.

Bushga kelsak, kitobga ko‘ra, u uchun Saddam nafakat shunchaki hayvon emas, balki uni hokimiyat ustida qoldirish misli ko‘rilmagan ish bo‘lgan. Va boshqa noto‘g‘ri chet davlatlar rahbarlarini ham: nihoyat Amerikani hozirda o‘sha yagona super qudratli davlat ekanligini ko‘rsatish vaqti keldi.

Natijada: Dreyperning so‘zlariga ko‘ra, ma’muriyatda Iroqda urush boshlash-boshlamaslik to‘g‘risida birorta ham munozara bo‘lmagan. Faqatgina qachon va qanday amalga oshirish kerakligi haqida gaplar bo‘lgan holos.

G‘arb musulmon davlatlarini bir-biri bilan urishtirmoqchi - Lavrov

Bu qanday vaziyat bo‘ldiki, hokimiyat ustida tayyor g‘oyalari bor odamlar bo‘lgani va ularning qo‘l ostida bo‘lganlar faqatgina ushbu oldindan belgilab qo‘yilgan g‘oyalarga mos keladigan dalillarni taqdim etishlari kerak. (Aytgancha, xuddi shunday holat ham bugun AQShda sodir bo‘lmoqda, lekin asosan Xitoyga nisbatan; kechagina shunga o‘xshash narsalar Rossiyaga nisbatan ham sodir bo‘lgan).

Xullas, g‘oyalar oldindan qo‘yilsa va dalillar ham ularga mos kelishi kerak bo‘lsa - bu davlatning hukmron sinfining johilligi va tanazzuli deb ataladi. Va umuman, uning o‘qimishli sinfining tanazzulga uchrashi ataladi. Agar biron bir prezident, bosh vazir yoki qirollarni qandaydir tarzda almashtirib bo‘lsa, butun millat ancha murakkabroq. Bu fikr Dreyperning kitobiga munosabatlarda tez-tez uchrab turibdi: "Bizning jamiyatimiz ziyoga qarshi", "maktablarimiz ko‘rinishidan tarixni, jamiyatshunoslikni, madaniyatni o‘rgatayotganday, ammo aslida ko‘pincha pul yig‘ib, buning evaziga ta’lim berganday bo‘lmoqdalar"...

AQShda va uning ittifoqdosh mamlakatlarida ta’limning tanazzulga uchrayotgani haqida 90-chi yillarda jiddiy muhokama eta boshladilar, ko‘rib turganimizdek, "Iroq" va boshqa muammolarning ildizlari shu davrdan unib chiqmoqda. Va bu suhbatlar yaqin orada tugamaydi.

* Rossiyada taqiqlangan terrorchilik tashkiloti.

Manba: RIA Novosti.