ArMI – 2020: o‘zbekistonlik tankchilar musobaqaga qanday tayyorgarlik ko‘rmoqda

O‘zbekistonlik tankchilar Moskva viloyatidagi “Alabino” poligonida bo‘lajak musobaqalarga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Sputnik

TOShKENT, 13 avg — Sputnik. O‘zbekiston Mudofaa vazirligining “Tank biatloni” jamoasi bo‘lajak musobaqalarga tayyorgarlikni boshlab yubordi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar qilmoqda.

ArMI – 2020: o‘zbekistonlik tankchilar musobaqaga qanday tayyorgarlik ko‘rmoqda

O‘zbekistonlik tankchilar Moskva viloyatidagi “Alabino” poligonida qizg‘in tayyorgarlik ko‘rmoqda.

ArMI – 2020: o‘zbekistonlik tankchilar musobaqaga qanday tayyorgarlik ko‘rmoqda

Harbiylar tank haydash va o‘q otish mashqlarida yo‘llar va nishonlarning o‘ziga xosligini o‘rganmoqda. Shuningdek, yo‘lni bosib o‘tish va aniq nishonga olish ko‘nikmalarini yaxshilashmoqda.

ArMI – 2020: o‘zbekistonlik tankchilar musobaqaga qanday tayyorgarlik ko‘rmoqda

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston jamoasi “Xalqaro armiya o‘yinlari – 2020”da ishtirok etish uchun Moskva shahriga yetib kelgani xabar qilingan edi. Ular 23-avgustdan 5-sentabrga qadar bo‘lib o‘tadigan 12 ta musobaqalarda ishtirok etishadi.