O‘zbekistonda koronavirusdan sog‘ayganlar soni 24 mingdan oshdi

Infeksiyaga chalingan jami 31 983 nafar bemorlarning 1308 nafari og‘ir, 428 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.
Sputnik

TOShKENT, 12 avg - Sputnik. O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasiga chalingan 24 090 nafar fuqaro tuzalib, sog‘ayish ko‘rsatkichi 75 %ni tashkil qilmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Immunolog Rossiya vaksinasi haqida: "u miltiq kabi, otishga shay"

Infeksiyaga chalingan jami 31 983 nafar bemorlarning 1308 nafari og‘ir, 428 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

206 nafar bemor ushbu virus qurboniga aylangan.

Djons Xopkins, universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, epidemiya boshlanganidan buyon butun dunyoda 20,2 million kishi koronavirusni yuqtirib olgan. Ulardan 738 668 vafot etgan, 12,45 millioni sog‘aygan.

Dunyodagi COVID-19 ga qarshi birinchi vaksina qanday nomlandi >>>

Eslatib o‘tamiz, kuni kecha Rossiya prezidenti Vladimir Putin RF jahonda birinchi bo‘lib COVID-19ga qarshi inyeksiyani ro‘yxatdan o‘tkazganini e’lon qilgan edi.