Qozog‘iston yetti mamlakat bilan muntazam parvozlarni tiklamoqda

2020 yil 17-avgustdan Qozog‘iston bosqichma-bosqich xalqaro parvozlarni qayta tiklaydi. Avvaliga qozog‘istonliklar yettita mamlakatga parvoz qilishlari mumkin.
Sputnik

TOShKENT, 12 avg — Sputnik. Qozog‘iston bosqichma-bosqich qator davlatlarga, jumladan, Rossiyaga xalqaro parvozlarni qayta tiklamoqda. Bu haqda Sputnik Qozog‘iston mamlakat fuqaro aviatsiyasi qo‘mitasiga tayangan holda xabar qilmoqda.

O‘zbekiston aviakompaniyasi Qirg‘izistonga parvozlarni tiklashni taklif qildi

Qozog‘istonliklar 17-avgustdan Birlashgan Arab Amirliklari, Belarus, Germaniya, Niderlandiya, Misr, Ukraina va Rossiyaga parvoz qilishlari mumkin.

“Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan yuqorida keltirilgan mamlakatlar aviatsiya hukumati bilan birgalikda oldindan muntazam yo‘lovchi reyslarini qayta tiklash masalasi ishlab chiqilgan. Shu bilan birga shuni ta’kidlash joizki, Rossiyaga parvozlarni amalga oshirish uchun Rossiya tomonining ruxsatnomasi talab etiladi”, - deyilgan xabarda.

Ta’kidlanishicha, reyslar amaldagi havo aloqalari to‘g‘risidagi hukumatlararo bitimlar asosida amalga oshiriladi.