G‘arbning Rossiya vaksinasiga oid tanqidlariga javob qaytarildi

Ekspertning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyaning koronavirusga qarshi vaksinasining xorijiy kompaniyalar tomonidan tanqid qilinishi ular raqobatchi bo‘lganligi bilan tushuntirish mumkin.
Sputnik

TOShKENT, 12 avg - Sputnik. Rossiyalik mutaxassis Sergey Glagolev “360” telekanaliga Rossiyaning koronavirusga qarshi vaksinasining xorijiy kompaniyalar tomonidan tanqid qilinishi ular raqobatchi bo‘lganligi bilan tushuntirish mumkinligini aytdi.

Immunolog Rossiya vaksinasi haqida: "u miltiq kabi, otishga shay"

"Bu asosan chet el farmatsevtika kompaniyalarini birlashtiradigan uyushmadir. Mening ma’lumotlarimga ko‘ra, ularning ba’zilari koronavirusga qarshi o‘z vaksinalarini ishlab chiqmoqdalar. Men mutlaq aniqlik bilan ularning manfaatlarini aniqlab, belgilab berolmayman. Har qanday tashkilotning har qanday bayonoti, shu jumladan uning ta’sischilari orqali talqin qilinishi kerak. Lekin tarozining boshqa pallasiga Rossiyada koronavirusdan himoya va xavfsizlik ta’minlanishi ustuvorligini qo‘yish kerak", - dedi “Medikrim” Konvensiyasi tomonlari qo‘mitasining raisi, Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Meanizmi qalbaki va sifatsiz dorilar bo‘yicha vitse-prezidenti, SIOMS eksperti Sergey Glagolev.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ro‘yxatga olinganidan keyin vaksina sinovlari bir necha ming ko‘ngillilarda davom ettiriladi.

Avvalroq Klinik tadqiqotlar tashkilotlari uyushmasi (AOKI) Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligidan koronavirus vaksinasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni kechiktirishni so‘ragan. Roszdravnadzor AOKI koronavirusga qarshi vaksinalar bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotlar natijalari bilan tanish emasligini va shuning uchun noto‘g‘ri xulosalar chiqarganligini ma’lum qildi.