Shifokorlar bemor ko‘ziga qarab yaqinlashayotgan ajalni bashorat qilishni o‘rgandi

Shifokorlar bemorning ko‘zlarini kuzatib, yaqinlashib kelayotgan o‘limini bashorat qilishni o‘rganib olishdi. Bu haqda ESC Heart Failure nashri tadqiqot natijalarini e’lon qildi.
Sputnik

TOShKENT, 11 avg - Sputnik. Olimlar yurak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda yaqinlashayotgan o‘lim xavfining yangi indikatorni aniqladilar. ESC Heart Failure jurnalida chop etilgan tadqiqotga ko‘ra, bunga ko‘z qorachig‘i kattaligi ishora bo‘lishi mumkin. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.

Olimlar koronavirusning zaif joyini aniqladi

Hisobotga ko‘ra, shifokorlar 870 kishidan iborat guruhni kuzatdilar, ular keyinchalik ko‘z qorachig‘i katta va kichik bo‘lgan bemorlarga bo‘lindi. Bu odamlar keyinchalik ikki yil davomida kuzatildi.

Ma’lum bo‘lishicha, ko‘z qorachig‘i kichiklashgan bo‘lgan, yurak yetishmovchiligi bilan og‘riganlarda o‘lim holati ko‘z qorachig‘i kattaroq bo‘lganlarga qaraganda ikki baravar ko‘proq bo‘lgan. Bundan tashqari, ularning kasalxonaga takroriy yotqizilishi ehtimoli deyarli 50 foiz bo‘lgan, ko‘z qorachig‘i kattaroq bo‘lgan bemorlarning esa faqat 28 foizi qayta yotqizilgan.

"Kuzatishlar shuni ko‘rsatdiki, ko‘z qorachig‘ining maydonini o‘lchash yurak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarning holatini baholash uchun yangi noinvaziv usul bo‘lishi mumkin", - deyiladi olimlarning xulosalarida.

Shifokorlar eslatishicha, endilikda ko‘z qorachig‘ini tekshirish Alsgeymer, Parkinson kasalligi, qandli diabet va boshqa kasalliklari bor bemorlarning holatini tashxislashda allaqachon faol qo‘llanilmoqda. Ta’kidlanishicha, sog‘liq uchun xavfni aniqlashning ishonchli noinvaziv usullarini izlash shifokorlar uchun eng muhim vazifalardan biridir.