“Rossotrudnichestvo”ga xorijliklarga tushunarli bo‘lgan nom kerak – Primakov

Nom o‘zgarishi, MDH talabalari uchun kvotalar ko‘paytirilishi va taniqli artistlar bilan hamkorlik – bu agentlik yangi strategiyasining kichik bir qismi, xolos.
Sputnik

TOShKENT, 12 avg — Sputnik. Danara Kurmanova. Joriy yil iyun oyi oxirida Davlat dumasi deputati va telejurnalist Yevgeniy Primakov “Rossotrudnichestvo” agentligi rahbari etib tayinlangani ma’lum bo‘ldi.

Lavozimga tayinlanganning birinchi kuniyoq Primakov OAVga endi idorani “katta o‘zgarishlar” kutayotganini ma’lum qilgan edi. Ammo tafsilotlarni ochiqlamagan edi. 11-avgust kuni u o‘zining onlayn ma’ruzasi vaqtida ushbu o‘zgarishlar borasida batafsil to‘xtalib o‘tdi. Sputnik agentligi yangi dasturining eng muhim tafsilotlarini haqida hikoya qiladi.

Hech qanday yumshoq kuch yo‘q

Avvalo “Rossotrudnichestvo” yangi rahbari agentlik hamkorlariga “yumshoq” kuch terminidan voz kechishni taklif qildi, chunki uning tan olishicha, bunga toqat qilolmaydi.

Pandemiya – imkoniyatlar vaqti: Rossiya OTMlari MDH talabalarini qanday qo‘llab-quvvatlamoqda

“Bu allaqanday tushunarsiz va biz tomondan o‘ylab topilmagan”, - dedi Yevgeniy Primakov ma’ruza boshida. Va tushuntirishga kirishdi: “Rossotrudnichestvo” maqsadi avvaldan kuch qo‘llashdan emas, balki xalqaro qulaylik va osoyishtalikni ta’minlashdan iborat bo‘lgan. Madaniyat va ta’lim dasturlari orqali agentlik Rossiyaning o‘zi uchun ham, hamkor davlatlar uchun ham rivojlanish uchun qulay sharoitlar yaratadi".

Rejalar ulkan: Primakovning so‘zlariga ko‘ra, “Rossotrudnichestvo” gumanitar xizmat g‘oyasidan ham yiroqlashadi. “Bu eski konsept, - deya qarorini tushuntirdi u. – Biz gumanitar xizmatdan tinchlikni saqlashga yordam beruvchi gumanitar ta’sirga o‘tishimiz kerak”.

Shunga o‘xshash ta’sir misoli tariqasida Bayrutdagi fojiani keltirdi. Agentlik jabrlanganlarga yordam berish uchun shifokorlarni yuborishda ilk marotaba ishtirok etgan. Primakov ushbu aksiya ramziy ma’noga ega ekanligi aytdi va qo‘shimcha qildi: aynan shunday tadbirlar xorijda Rossiyaga yanada do‘stona munosabatda bo‘lishiga ko‘maklashadi. Ular agentlik faoliyatida hech qanday kuch yo‘qligini ko‘rsatadi, birdamlik sari intilish, xolos.

Non-stop rejimidagi ish

Ochiq ma’ruza o‘tkazishdan avval Yevgeniy Primakov bir oycha “Rossotrudnichestvo” ishini o‘rgangan va shunday xulosaga kelgan: agentlikdagi islohotlarni rus klublari tarmoqlaridan boshlash zarur.

“Ular tadbirdan tadbirgacha emas, balki doimiy ravishda ishlashlari darkor, - dedi Primakov. – Bu ishtirokchilar xohlagan paytida kela oladigan, bir-biri bilan suhbatlashadigan, kitob o‘qiydigan aynan klub tizimi bo‘lishi kerak. Axir bu markazlar chet elda Rossiya bilan muloqot qilishda muhtoj bo‘lganlar uchun ishlaydi”.

Primakovning fikricha, har bir klub nafaqat yoshlarga, balki katta yoshdagilarga mo‘ljallangan bo‘lishi kerak. Chunki xorijda SSSRda tug‘ilganlar, nafaqa yoshiga yetib qolgan kam emas. Shu bilan birga, har bir toifadagilar uchun invidivual faollik talab etiladi.

“Bizga mehmonlarni choy bilan siylab, xo‘ja ko‘rsin uchun tadbirlar formati kerak emas, - dedi Yevgeniy Primakov va agentlik xodimlarini “Rus musiqasi kuni” yoki “Rus chuchvarasi bayrami” uslubidagi g‘oyalardan maksimal uzoqlashishga chaqirdi”.

“Rossotrudnichestvo’ni katta o‘zgarishlar kutmoqda” – yangi rahbar kelgusi vazifalar haqida

Ammo rus klublarining ish rejimidagi o‘zgarishda bir muammo bor: ko‘p rus markazlari Rossiya elchixonasi binosida joylashgan va u yerga shunchaki kirish mumkin emas. “Shu bois hozir yangi tizimni yo‘lga qo‘yish mumkin bo‘lgan markazlardan ishni boshlaymiz”, - dedi Primakov.

Yulduzlar ko‘magi

“Rossotrudnichestvo”ga tegishli talablarga muvofiq ishlaydigan produserlik kerak bo‘ladi. Agentlikning asosiy tinglovchilari yoshlar sanaladi, yoshlarga pop-madaniyat qiziq: zamonaviy musiqa, kitob, film va seriallar. Bularning barchasi orqali bo‘lajak talabalar umuman rus madaniyatiga muhabbat qo‘yishi mumkin, deb hisoblaydi Primakov.

Uning fikriga ko‘ra, yoshlarni mumtoz adabiyot bilan tanishtirish muhim. Lekin yoshlikka xos qiziqish va havasni bir chetga surib qo‘yish yaramaydi. “Zamonaviy bolalar uchun til – bu avvalo ijtimoiy va iqtisodiy imkoniyatlar”, - dedi Primakov.

Shuning uchun “Rossotrudnichestvo” chet eldagi tadbirlarga ko‘proq taniqli artistlarni taklif qilishi kerak, dedi Primakov. “Bu hamma taniydigan kishilar bo‘lishi shart”, - deya xulosa qildi.

Barchasi yangitdan

“Rossotrudnichestvo” nomining o‘zi yoshlarga xos bo‘lmagan va rus tilini bilmaydigan uchun tushunarsiz, deya fikr bildirdi Primakov. Shu bois agentlikka rebrending lozim va nafaqat idorani, balki Rossiya fan va madaniyat markazlarini ham (RSNK) qayta nomlash zarur.

“RSNK – bu “Rossotrudnichestvo” so‘zi singari umuman juda qiyin qisqartma so‘z. Chet ellik uni talaffuz qilishi mushkul”, - deya fikr yuritdi Primakov.
Shu bilan birga uning rasmiy nomini – “Federalnoe agentstvo po delam Sodrujestva Nezavisimix Gosudarstv, sootechestvennikov, projivayushix za rubejom, i po mejdunarodnomu gumanitarnomu sotrudnichestvu” – saqlab qoladi. Rus bo‘lmagan auditoriya uchun tashqi brendni o‘zgartirish darkor, xolos. Rus tilida so‘zlashadiganlarni “Rossotrudnichestvo” so‘zi qo‘rqitmaydi. Agentlik uchun yangi nom yaratish ko‘plab keraksiz xarajatlarni keltirib chiqaradi. Bu pullarni foydali narsalarga sarflash mumkin, deb hisoblaydi Yevgeniy Primakov.

Umuman, muvofiqlik va tejamkorlik Primakov strategiyasidagi asosiy mezonlar bo‘lgandek tuyuladi. Yangi qisqartma so‘zni yaratish uchun u brend menejerlarni ham yollashni rejalashtirmayapti. Buning o‘rniga u “Rossotrudnichestvo” orqali bir paytlar Rossiya universitetlariga o‘qishga kirgan talabalar o‘ylab topishi uchun ochiq tanlov o‘tkazmoqchi. Primakovning o‘zi bu g‘oyani quyidagi tushuntiradi: loyihaning bevosita ishtirokchisi boshqalarga ko‘ra brend konsepsiyasini juda yaxshi his qila oladi. Tanlov o‘tkazish mantig‘i ham shundan kelib chiqqan.

Muhabbat, mavqe va dardni yengish: Rossiyada ta’lim olish yoshlarga nima beradi

MDHga alohida e’tibor

“Rossotrudnichestvo” yangi loyihalar bilan shug‘ullanib, Rossiya ta’limini targ‘ib qilishni tashlab qo‘ymaydi, deya ma’ruza oxirida tinchlovchilarni ishontirishga shoshiladi Primakov. “Rossiya prezidenti farmoniga ko‘ra yaqin bir necha yil ichida xorijlik talabalar uchun bepul ta’lim olish kvotalari ikki baravarga ko‘paytiriladi. Hozir ularning hajmi 15 mingni tashkil etadi”, - dedi u. Qolaversa, agentlik Rossiya va rus tili bilan bog‘liq har qanday ta’lim loyihalarini qo‘llab-quvvatlashga harakat qiladi. “Hatto agar kimdir chet elda hovlisida guruh tashkil etib, rus ertaklarini o‘rgatsa, bu juda ajoyib”, - deydi Primakov.

Shuningdek, “Rossotrudnichestvo” zamonaviy yoshlarni nima qiziqtirishi yanada yaxshiroq bilish uchun tahlilga ko‘proq e’tibor beradi. Buning uchun agentlik saytni tubdan o‘zgartirishni niyat qilgan. “Odamlarga Rossiyaning gumanitar faoliyatini kuzatish qiziq bo‘lishi lozim, hozirgi ko‘rinishdagi saytimizga sog‘lom aqlli hech kim ermak uchun kirmaydi, - deydi Yevgeniy Primakov. – Sayt o‘quvchilari sonini ko‘paytirish kerak”.

Ushbu hamma xatti-harakatlar, shubhasiz, vaqt talab etadi, chunki agentlik qat’iy doirada ishlaydi – har bir loyihani kamida boshlanishidan bir yil oldin tasdiqlash kerak. Shunga qaramasdan, “Rossotrudnichestvo” rahbari kiritilayotgan yangiliklar sabab tashkilot yanada ochiqroq bo‘lishiga va’da bermoqda. “Bu ayrim xatti-harakatlar tufayli agentligimizga nisbatan biror kishida paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan eski stereotiplarga qarshi kurashda yordam beradi”, - deya xotima qildi Primakov.