Rossiya vaksinasining birinchi partiyasi qachon ishlab chiqarilishi ma’lum bo‘ldi

Gamaleya nomidagi Epidemiologiya va mikrobiologiya ilmiy tadqiqot markazi bilan birgalikda ishlab chiqargan COVID-19 profilaktikasi bo‘yicha dunyodagi birinchi vaksinasini ro‘yxatga oldi.
Sputnik

TOShKENT, 12 avg - Sputnik. Koronavirusga qarshi vaksinaning birinchi qutilari ikki hafta ichida chiqariladi, shundan keyin u qo‘llanila boshlaydi, deb xabar qildi RIA Novosti Sog‘liqni saqlash vazirligining bayonotiga asosan.

Qozog‘iston Rossiya vaksinasini xarid qilish uchun Moskvaga delegatsiya yuboradi

Xususan, vazir Mixail Murashko ta’kidlashicha, vaksina yaratilgan platforma allaqachon yaxshi o‘rganilgan va uning asosida dori vositasini yaratish eng maqbul yo‘l.

"Vaksinaning ushbu platformasidan allaqachon sintezlash va ishlab chiqarish uchun foydalanilgan va hozirda dorilarning bir qismi klinik sinovlar va tadqiqotlarda. Ya’ni, bu vaksina allaqachon platforma sifatida yaxshigina ma’lum va o‘rganilgan. U bo‘yicha klinikadan oldin va klinik tadqiqotlar va uning ro‘yhatga olinishi amalga oshirilib bo‘lgan. Shuning uchun, bu deyarli eng xavfsiz usul va yetarli miqdordagi ilmiy bilimlar", - dedi Murashko COVIDga qarshi birinchi ro‘yxatga olingan vaksina bo‘yicha brifingda.

Shu munosabat bilan bu dorining chet elda paydo bo‘lgan tanqidlari asossiz, dedi vazir.

11 avgust kuni Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligi Rossiyaning to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar Jamg‘armasi, Gamaleya nomidagi Epidemiologiya va mikrobiologiya ilmiy tadqiqot markazi bilan birgalikda ishlab chiqargan COVID-19 profilaktikasi bo‘yicha dunyodagi birinchi vaksinasini ro‘yxatga oldi.

Vaksinani birinchi bo‘lib fuqarolarning yuqtirish xavfi yuqori guruhiga kiruvchilar - tibbiyot xodimlari va o‘qituvchilar oladi.

Chorshanba kuni ertalab Sputnik radiosi Rossiyada koronavirusga qarshi vaksinani ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha BSST qanday izoh berganini xabar qildi.