Hammasi shaffof: Bulung‘urda yordam pullari tarqatilishini sektor a’zolari kuzatmoqda

Bulung‘ur tumandagi yetti mingga yaqin kishiga 1,5 milliarddan oshiq mablag‘ ajratilgan bo‘lib, bu pullarni joriy yil 15-avgustiga qadar to‘liq tarqatish rejalashtirilgan
Sputnik

TOShKENT, 11 avg - Sputnik. Samarqand viloyati Bulung‘ur tumanida shaffoflikni ta’minlash va chalkashliklarga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida koronavirus pandemiyasi vaqtida davlat tomonidan ajratilgan pul mablag‘lari tarqatilishi sektor a’zolari tomonidan kuzatib borilmoqda, deb xabar qildi Sputnik O‘zbekiston muxbiriga tuman matbuot-xizmati rahbari.

O‘zbekistonda ehtiyojmand oilalarga moddiy yordam tarqatiladi

Eslatib o‘tamiz, pandemiya sharoitida doimiy daromadidan ayrilgan, ishsiz, kam ta’minlagan va ehtiyojmand oilalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida Respublika hukumati tomonidan qator choralar ko‘rilmoqda. Jumladan, prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan "Saxovat va ko‘mak" umumxalq harakati ana shunday ezgu tashabbuslardan biridir.

"Saxovat va ko‘mak" umumxalq harakati doirasida har bir tumanda ehtiyojmand oilalar ro‘yxati shakllantirilib, ularni qo‘llab-quvvatlash hamda murakkab ijtimoiy vaziyatidan chiqib ketishida ko‘maklashishning aniq mexanizmi ishlab chiqildi.

Koronavirus bo‘yicha to‘lovlardan shikoyat qilmoqchimisiz - manzillar ro‘yxati >>>

Jumladan, har bir oilaga 13 turdagi oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi, imtiyozli kredit ajratib, tadbirkorlikka yo‘naltirish choralari ko‘rildi, g‘alladan bo‘shagan maydonlardan yer ajratib, haydalib va ekilib berildi, kooperatsiyalar tashkil etilib, subsidiya hisobidan jo‘ja, qo‘yon, asalari tarqatildi, pomidor, kartoshka, loviya urug‘lari yetkazib berildi.

"Ishlamagan tishlaydi": mahalla raisi va ABKM vakili 36,2 mln so‘mni o‘zlashtirdi

Shuningdek, pandemiya sharoitida kam ta’minlangan oilalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida davlat budjetidan ehtiyojmand oilalarning har bir a’zosiga 220 ming so‘mdan bir martalik moddiy yordam puli ajratilgan.

Ushbu ajratilgan yordam pullari "Saxovat va ko‘mak" umumxalq harakati doirasida ro‘yxati shakllantirilgan oilalarga tarqatilmoqda. Xususan, yaqinda 1 million so‘mdan yordam qilingan 25 ta oilaning 91 ta a’zosi uchun ham 20 million so‘m, tuman miqyosida jami 1 503 ta oilaning 6 935 nafar oila a’zosiga moddiy yordam puli tarqatilmoqda.

Toshkentda yordam puli nega barcha qiynalganlarga tarqatilmadi - Mahmudjo‘jayev izohi >>>

Ma’lumot uchun Bulung‘ur tumandagi 6 935 kishiga 1 mlrd. 525 mln. 700 ming so‘m pul mablag‘lari ajratilgan bo‘lib, ushbu pul mablag‘larini joriy yil 15-avgustiga qadar to‘liq tarqatish rejalashtirilgan.