“O‘qishga kiritib qo‘yishga va’da berdi”: Andijon tibbiyot instituti kafedra dotsenti ushlandi

Andijon viloyatida institutga kiritish evaziga 2 000 dollar olgan kafedra dotsenti firibgarlik ustida ushlandi.
Sputnik

TOShKENT, 10 avg — Sputnik. Andijon viloyatida institutga kiritish evaziga 2 000 AQSh dollari olgan kafedra dotsenti firibgarlik ustida ushlandi.

Qoraqalpog‘istonda dekan o‘rinbosari pora olayotgan vaqtda qo‘lga tushdi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament va DXXning Andijon viloyat boshqarmalari tomonidan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Andijon davlat tibbiyot instituti kafedra dotsenti G.Q. dastlab fuqaro Sh.B.ni mazkur institutga o‘qishga kiritib qo‘yishga va’da berib, 8000 AQSh dollari talab qiladi, biroq hozirda institutga hujjatlarni topshirish muddati o‘tganligini ma’lum qilib, Qirg‘iziston Respublikasi Osh davlat universitetiga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga talab qilingan pullardan 2 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan kafedra dotsenti G.Q.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.