Putin Lukashenkoni saylovda erishgan g‘alabasi bilan qutladi

Yakshanba kuni Belarusda prezident saylovlari o‘tkazildi. Saylovda 5 million 790 ming kishi ishtirok etdi.
Sputnik

TOShKENT, 10 avg — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenkoni respublika prezidenti lavozimiga qayta saylanganligi bilan tabrikladi. Bu haqda Kreml matbuot xizmati xabar qildi.

Lukashenkoni birinchi bo‘lib Xitoy yetakchisi tabrikladi

Yakshanba kuni Belarusda prezident saylovlari o‘tkazildi. Saylovda 5 million 790 ming kishi (84,23%) ishtirok etdi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Lukashenkoga 4 million 652 ming kishi ovoz berdi yoki saylovchilarning 80,23 foizi.

Putin unga tabrik telegrammasini jo‘natdi.

“Umid qilamanki, Sizning davlat faoliyatingiz Rossiya-Belarus o‘zaro manfaatli munosabatlarining barcha yo‘nalishlarda rivojlanishiga, Ittifoqchilik davlati doirasidagi hamkorlikni chuqurlashtirishga, Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi va MDH yo‘nalishi bo‘yicha integratsiya jarayonlarini kuchaytirishga, shuningdek, Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi Tashkilotidagi harbiy-siyosiy aloqalarga yordam beradi. Bu, shubhasiz, qardosh Rossiya va Belarus xalqlarining asosiy manfaatlariga javob beradi”, - deyilgan tabrikda.

Svetlana Tixanovskaya (574 ming kishi yoki 9,9 %), Anna Kanopaskaya (97,9 ming, 1,68 %), Andrey Dmitriyev (60,5 ming kishi, 1,04 %), Sergey Cherechen (65 ming kishi 1,13 %) ovoz olgan.