TOShKENT, 10 avg — Sputnik. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov videokonferensiya shaklida “Markaziy Osiyo + Yaponiya” muloqoti tashqi siyosat idoralari rahbarlarining navbatdan tashqari majlisida ishtirok etadi.
TIV matbuot xizmati xabariga ko‘ra, majlis 2020-yil 11-avgust kuni bo‘lib o‘tadi.
Tadbirda, shuningdek, Yaponiya tashqi ishlar vaziri Tosimitsu Motegi, Qirg‘iziston Qozog‘iston, Tojikiston va Turkmaniston TIV rahbarlari qatnashadi.
Majlisda chog‘ida joriy epidemiologik holat, koronavirus infeksiyasi va uning oqibatlariga qarshi birgalikda kurashish masalalari hamda pandemiya sharoitida hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollarini muhokama qilish rejalashtirilgan.