O‘zbekistonda COVID-19 bilan kasallanganlar soni 30 mingdan oshdi

Hozirda mamlakatda 8691 nafar davolanmoqda. Ulardan 974 nafari og‘ir, 274 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.
Sputnik

TOShKENT, 9 avg — Sputnik. O‘zbekistonda tun davomida 279 ta yangi koronavirus bilan kasallanish holati aniqlandi. Kasallanganlarning umumiy soni 30 197 nafarga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar qilmoqda.

Yangi kasallanganlarning 142 nafari Toshkent shahrida, 133 nafari Toshkent viloyatida hamda 4 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida aniqlangan.

Toshkent viloyati tun davomida aniqlangan koronavirus bo‘yicha poytaxtni ortda qoldirdi

Shu bilan birga, Shayxontohur tumanida yashagan 84 yoshli Q.Ya. (erkak) hamda Zangiota tumanida yashagan 62 yoshli S.T. (erkak), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi. Qurbonlarning umumiy soni 190 nafarni tashkid etmoqda.

Shu paytga qadar 21316 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (71 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatda 8691 nafar davolanmoqda. Ulardan 974 nafari og‘ir, 274 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.