“O‘g‘limni o‘zingga isitib olding”: Toshkentda bir ayolni uch kishi qiynoqqa soldi

Ikki nafar muqaddam sudlangan ayol va ularning dugonasi 29 yoshli G.E.ni tahqirlab kaltakladi. Ayollardan biri jabrlanuvchini o‘g‘lini o‘ziga isitib olishda ayblagan.
Sputnik

TOShKENT, 9 avg — Sputnik. Toshkent shahar IIBB ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoni o‘rganib chiqdi. Unda 3 nafar ayollar boshqa bir ayolni tahqirlab kaltaklayotgani aks etgan.

Ma’lum bo‘lishicha, hodisa 7-avgust kuni Sergeli tumanida sodir bo‘lgan. Ayollarning shaxslari aniqlangan: 41 yoshli farg‘onalik M.M. (muqaddam qo‘shmachilik qilish yoki fohishaxona saqlash moddasi bilan sudlangan) 35 yoshli surxandarolik Sh.P. (muqaddam o‘g‘rilik moddasi bilan sudlangan) va 23 yoshli farg‘onalik Sh.K. Jabrlanuvchi – 29 yoshli farg‘onalik G. E.

Xorazmda xotini bor erkak bilan uchrashgan qiz “samosud” qilindi

M.M. jabrlanuvchini o‘g‘lini o‘ziga sehrlab olishda ayblagan. Shuning uchun dugonalari bilan uni adabini berib qo‘ymoqchi bo‘lgan. So‘ngra buni videoga olib, jabrlanuvchini sharmanda qilish uchun internetga joylashtirgan.

Mazkur holat yuzasidan kuni O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 110 moddasi 1 qismi (qiynash) bilan jinoiy ish ochilgan.

Tergov harakatlari olib borilmoqda.