G‘arb birinchi marta ruslarning Suriyadagi harbiy muvaffaqiyatini tan oldi

Amerikaliklar aynan Moskva hamda Eronning aralashuvi Suriya armiyasiga mamlakatning katta qismini noqonuniy qurolli guruhlardan qaytarib olishga imkon berganini tan olishdi.
Sputnik

TOShKENT, 9 avg - Sputnik, Andrey Kos. Agar ruslar yordam bermaganida, Bashar Asad urushda yutqazgan bo‘lar edi – amerikaliklar aynan Moskva hamda Eron va “Hizbulloh”ning aralashuvi Suriya armiyasiga mamlakatning katta qismini noqonuniy qurolli guruhlardan qaytarib olishga imkon berganini tan olishdi. Bunday xulosaga Kongress tadqiqot xizmati 49 sahifadan iborat "Suriyadagi qurolli nizoning sharhi va AQShning bunga munosabati" hisobotida kelgan. Harbiy tahlilchilar yana nimalarga e’tibor berishdi va ular qanday taxminlar bildirildi - RIA Novosti materialida.

Kuchlarning taqsimlanishi

Rossiya, Eron va Turkiya Suriya neftining noqonuniy bosib olinishini ma’qullamaydi

Hujjatda Suriya xaritasi tahlil qilingan. AQShning At-Tanf harbiy bazasi joylashgan, Iordaniya bilan chegaradosh kichik anklavdan tashqari, mamlakatning markaziy, g‘arbiy va janubiy qismlari Bashar Asad hukumati nazorati ostida. Shimoliy-g‘arbdagi Idlib Muhafazasi ekstremistik guruhlar va Turkiya boshqaruvi ostida. Yevfraatning shimoliy va sharqiy hududlari - Suriyaning deyarli uchdan bir qismi - kurdlarda.

Bu yerda tahlilchilar ayyorlik qilmoqdalar, chunki aslida bu yerlarni aynan Vashington boshqarmoqda. Bu yerda amerikaliklar ko‘p emas - hisobotga ko‘ra, 600ga yaqin askar. Biroq, ular uglevodorodlarga boy ushbu mintaqadagi asosiy neft konlarining atrofidagi pozitsiyalarni egallamoqda. Bundan tashqari, Suriya sharqida xususiy harbiy kompaniyalarning bir necha yuz jangchilari faoliyat yuritmoqda. Hujjatda qayd etilishicha, rasmiy hukumat AQSh harbiylarining mintaqada joylashganini noqonuniy deb hisoblaydi. Biroq Vashington neft konlarini terrorchilardan himoyalash kerakligini ta’kidlamoqda.

Hisobot mualliflari ba’zan Asad armiyasi bilan to‘qnashuvlar ro‘y berishini yashirmaydilar. Ularning ta’kidlashlaricha, shu yilning fevral oyida Qamishli qishlog‘idagi nazorat punktida suriyalik harbiylar AQSh qurolli kuchlarining patruliga qarata o‘q uzgan. Hech kim shikastlanmagan. Bundan tashqari, ular mamlakatning shimoliy-sharqida Rossiya va Amerika harbiy xizmatchilari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri to‘qnashuv holatlari tez-tez ro‘y berishi qayd etiladi.

Suriya kundaligi: Rossiya patrullariga hujumlar va AQSh faollashuvi

Internetda AQSh armiyasining zirhli mashinalari Rossiya harbiy politsiyasi avtomashinalari yo‘lini to‘sib qo‘yishga urinayotganining o‘nga yaqin videolavhalari mavjud. Yaxshiyamki, mojarolar otishmagacha bormadi.

Rossiya tark etmaydi

Umuman olganda, amerikaliklar mamlakatdagi Eronning inshooatlariga Isroilning zarbalari va Rossiyaga qarshi sanksiyalar Moskva va Tehronni Bashar Asadni qo‘llab-quvvatlashdan voz kechishga yoki hech bo‘lmaganda unga yordamni qaysidir ma’noda cheklashga majburlamaganini tan oldi.

"AQSh Moskvaning Suriyadan Yaqin Sharqdagi nufuzini kengaytirish uchun plasdarm sifatida foydalanish istagini va imkoniyatlarini to‘liq baholay olmadi, - deb yozadi tahlilchilar. - Rossiya, Eron yoki ularning "ishonchli vakillari" bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri harbiy to‘qnashuvni istisno qilib bo‘lmaydi. Bundan tashqari, Moskva o‘z ittifoqchisi bo‘lmish Suriyani qo‘llab-quvvatlashda qanchalik chuqurlashishi mumkinligini tushunish kerak".

Hisobot mualliflari afsus bilan Damashqqa bosim o‘tkazish tobora qiyinlashayotganini tan olmoqdalar. Front chizig‘ini Suriya poytaxtidan nariroqqa siljitish, birinchi navbatda Rossiya aviatsiyasi va maxsus kuchlarning yordami tufayli amalga oshirildi, hozirda mamlakatning katta qismi "rejim" nazorati ostida. Bashar Asadning siyosiy muxoliflarining qo‘llarida deyarli hech qanday dastak qolmagan. Shu bilan birga, Damashq va kurdlar asta-sekin yaqinlashishmoqda. Bu markaziy hukumat sharq va shimol ustidan nazoratni qaytarib olishi mumkinligini anglatadi.

Suriyada portlash oqibatida 3 nafar Rossiya harbiysi jarohatlandi 

ID* hamon xavflidir

2018 yil dekabr oyida Donald Tramp ID* ustidan g‘alabani e’lon qildi. Ammo tahlilchilar fikricha, guruh hali yakson qilinmagan. AQSh ittifoqchilari 2019-yil mart oyida Suriyada ID*ning ohirgi istehkomlarini egallab olishdi. Ammo islomiychilar ham Suriyada, ham Iroqda isonkorlarning qumondonlik va boshqaruv tuzilmasini saqlab qolishgan. Bu shuni anglatadiki, ular hali ham ta’sirli zarbalarni berishga qodir.

"Uzoq istiqbolda Suriyadagi ID* taqdiri mamlakatda guruhni yana kuchayishiga to‘sqinlik qila oladigan xavfsizlik idoralarini yarata olishimiz qobiliyatiga bog‘liq, - deb ta’kidlashadi hisobot mualliflari. – Ammo "Islom davlati"*ning tahdidi uzoq vaqt davom etadi. Terrorchilarga qarshi kurashishlari uchun, biz kurdlarni qo‘llab-quvvatlashda davom etishimiz kerak".

"AQSh neftni o‘g‘irlamoqda, turklar esa Idlibga yurishmoqda": Suriyada nima boshlandi

Yana bir xavf - bu 10 mingga yaqin ID* jangchilari saqlanayotgan harbiy mahbuslar lagerlari. Ular asosan mamlakatning shimolida joylashgan bo‘lib, kurd bo‘linmalari tomonidan qo‘riqlanmoqda. Bundan tashqari, ekstremistlarning oila a’zolari saqlanayotgan lagerlar ham mavjud. Ulardan eng kattasi - Al-Xolda 66 mingga yaqin terrorchilarning ayollari va farzandlari joylashtirilgan. Tahlilchilar fikriga ko‘ra, bu yerlarda jangarilar mahbuslarning jangovar ruhini qo‘llab-quvvatlab turgan holda o‘z targ‘ibotini davom ettirmoqdalar, ID* esa o‘z tarafdorlarini ozod qilish maqsadida, hujumlar uyushtirishni rejalashtirmoqda.

Kurd rahbariyati mahbuslarni qo‘riqlash uchun kuchlari yetishmayotganini bir necha bor ma’lum qilgan. Amerikaliklar yordam berishga shoshilmayaptilar - Vashington jangarilarning vatanlari ularni jazosini o‘tashi uchun uylariga qaytarib olib ketishlarini talab qilmoqda. Ammo hech kim "o‘z" terrorchilarini qaytarishni xohlamayapti va bundan qochish uchun har xil bahonalarni topishmoqda.

Muammoli provinsiya

Eng qaynoq joy - bu Idlib provinsiyasi. Bu yerda hozirda Suriya, Rossiya, Eron va Turkiya harakat qilmoqda. Bu yerda AQSh qo‘shinlari yo‘q, ammo amerikaliklar bir necha bor "Al-Qoida"* bilan bog‘liq bo‘linmalarga zarbalar bergan. “Hayat Tahrir ash-Sham”*, “Xuras ad-Din”*, Suriya milliy armiyasi, "Xizbulloh" va boshqa guruhlarining bu yerda nodavlat bo‘linmalari mavjud. Shuningdek, ID* jangchilari ham bor.

"Idlibning shimoliy tumanlari muxolifat kuchlari tomonidan nazorat qilinadigan yagona mintaqadir, - deb ta’kidlaydi tahlilchilar. – Mahalliy guruhlar bu 2011-yilda Damashqqa qarshi chiqqanlarning qoldiqlaridir. Idlibda Turkiya va Rossiya prezidentlari kelishib olgan vaqtincha tinchlik bitimi 5-chi martdan boshlab amal qilmoqda. Ularning qo‘shinlari M4 strategik trassasida qo‘shma patrullar o‘tkazmoqdalar".

Hisobot mualliflari, jangarilarning o‘qqa tutishiga qaramay, tinchlik hozircha saqlanib turilganini ta’kidlamoqdalar. Biroq, Turkiya Idlibga qo‘shinlarni ko‘chirishni to‘xtatmadi va yaqinda zaruriyat tug‘ilsa, jangovar harakatlarini tiklashga tayyorligini bildirdi. Demak, Suriyadagi urush hali beri tugamaydi.

* Rossiyada taqiqlangan terrorchilik tashkilotlari.