TOShKENT, 9 avg — Sputnik. Shavkat Mirziyoyev “2020-2021 yillarda Farg‘ona viloyatining So‘x tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorga imzo chekdi.
Qarorga ko‘ra:
- So‘x tumanida 2020-yilda jismoniy shaxslar yer solig‘i va mol-mulk solig‘ini to‘lashdan ozod etiladi;
- joriy yil 1-avgustdan boshlab 2021-yil 31-iyulga qadar:
- yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i amaldagi qat’iy belgilangan soliq stavkasining 50 foizi miqdorida belgilanadi;
- alkogol mahsulotlari bilan chakana savdo qilish huquqini beradigan ruxsat guvohnomasini olish uchun yig‘imni to‘lashdan ozod qilinadi.