O‘zbekistonda koronavirus: 7-avgust asosiy xabarlari

Bir sutka davomida 522 kishida koronavirus aniqlandi, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 29 057 nafarni tashkil qilmoqda.
Sputnik

TOShKENT, 7 avg — Sputnik. Sputnik O‘zbekiston respublikadagi epidemiologik vaziyat to‘g‘risida asosiy xabarlarni to‘pladi.

Keniya o‘zbekistonlik turistlarga o‘z hududiga karantinsiz kirishga ruxsat berdi

Bir sutka davomida 522 kishida koronavirus aniqlandi, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 29 057 nafarni tashkil qilmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 197 nafari Toshkent shahrida, 23 nafari Toshkent viloyatida, 15 nafari Xorazm viloyatida hamda 13 nafari Andijon viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Davolanish ko‘rsatkichi

Bugunning o‘zida 472 nafar bemor tuzalib, o‘z uylariga kuzatildi. Respublika bo‘ylab jami sog‘ayganlar soni 20 059 nafarga yetdi.

Ayni paytda 8 817 nafar bemorga belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 728 nafari og‘ir, 217 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

O‘lim holatlari

Kun davomida koronavirusga chalingan 4 nafar bemor – Toshkent shahar  Olmazor tumanida yashagan 39 yoshli B.S. (erkak) hamda Uchtepa tumanida yashagan 68 yoshli L.K. (ayol), Mirzo Ulug‘bek tumanida yashagan 71 yoshli N.I. (ayol), Qibray tumanida yashagan 69 yoshli S.B. (erkak) vafot etdi.

O‘zbekistonda jami 181 kishi pandemiya qurboni bo‘ldi.

Fuqarolarni olib kelish

Rossiya-Qozog‘iston chegarasida to‘plangan 1850 nafar fuqaro qaytariladi.

6 avgust kuni Orenburg viloyatining “Buzuluk” stansiyasidan 920 nafar fuqaro birinchi poyezd O‘zbekistonga jo‘nab ketdi. Ikkinchisi 7-avgust kuni Samara viloyatining “Kinel” stansiyasidan 930 nafar fuqaro bilan jo‘naydi. Rossiya-Qozog‘iston chegarasida to‘plangan jami 1850 nafar O‘zbekiston fuqarolari qaytariladi.

7 avgust holatiga ko‘ra Orenburg va Samara viloyatlarida Rossiya-Qozog‘iston davlatlararo chegarasi yaqinida O‘zbekiston fuqarolarining to‘planishi kuzatilmayapti.

Keniyaga sayohat

Keniya hukumati 5-avgustdan boshlab o‘zbekistonlik turistlarga o‘z hududiga majburiy karantinsiz kirishga ruxsat berdi. Nayrobi aeroporti saytida karantin bekor qilinayotgan 126ta davlatdan iborat ro‘yxat e’lon qilingan. O‘zbekiston ro‘yxatda 124 o‘rinda joylashgan.

Rossiyaning koronavirusga qarshi vaksinasi dunyoda birinchi bo‘lib ro‘yxatga olinadi

Keniyaga boradigan turistlar koronavirus yo‘qligi qayd etilgan ingliz tilidagi ma’lumotnomaga ega bo‘lishlari lozim. Bunday ma’lumotnoma parvozdan 96 soat oldin olinishi lozim.

Test sinovlari

OTMlarga kirish imtihonlari 2-sentabrdan boshlab, 2 hafta davomida o‘tkaziladi. Test sinovlari ochiq stadionlarda, kuniga 2 smenada tashkil etiladi. Natijalarni e’lon qilishda o‘zgarish bo‘lmaydi. Xuddi har yilgidek test sinovlari o‘tkazilgan kunining ertasiga abituriyentning shaxsiy sahifasida e’lon qilinadi.

Test sinovlari uchun 155 stadiondan 40 ga yaqin stadion jalb etilishi rejalashtirilgan. Stadionning soyalik darajalari va boshqa sharoitlarga e’tibor qaratilgan. Soyabonlar qo‘yilishi malasiga ham e’tibor qaratiladi. Ota-onalar uchun kutish joylari, shifokorlarga sharoit yaratish kabi tashkiliy masalalar hal qilinmoqda.

Dunyo salomatligi

Dunyo bo‘ylab infeksiyani yuqtirib olgan kishilarning soni 19,1 milliondan oshdi, 715 ming kishi vafot etdi, 11,6 million kishi tuzaldi. Eng ko‘p holatlar AQShda (4,9 mln), Braziliyada (2,9 mln), Hindistonda (2,0 mln).