TOShKENT, 7 avg – Sputnik. Keniya hukumati 5-avgustdan boshlab o‘zbekistonlik turistlarga o‘z hududiga majburiy karantinsiz kirishga ruxsat berdi. Bu haqda ATOR xabar bermoqda.
Nayrobi aeroporti saytida karantin bekor qilinayotgan 126ta davlatdan iborat ro‘yxat e’lon qilingan. O‘zbekiston ro‘yxatda 124 o‘rinda joylashgan.
Keniyaga boradigan turistlar koronavirus yo‘qligi qayd etilgan ingliz tilidagi ma’lumotnomaga ega bo‘lishlari lozim. Bunday ma’lumotnoma parvozdan 96 soat oldin olinishi lozim.
Nayrobiga kirib kelgan sayyohlarning barchasini issig‘i o‘lchanadi, va COVID-19 belgilari aniqlanmaganida, ular o‘z ta’tillarini erkin davom ettirishlari mumkin bo‘ladi. Agar turistda test natijalari bo‘lmasa, ortga qaytib ketish yoki o‘z hisobidan ikki haftalik karantinni o‘tish lozim.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda yangi turdagi koronavirus COVID-19 infeksiyasi aniqlangach, 2020-yil 16-martdan e’tiboran dunyoning barcha mamlakatlari bilan avia- va avtomobil-qatnovlarini to‘xtatdi. 30-martdan boshlab O‘zbekistondagi mavjud barcha aeroportlar yopilib, aviaqatnovlar butunlay to‘xtatildi.