Gamaleya markazida COVID-19ga qarshi Rossiya vaksinasi qanday ishlashi haqida so‘zlab berildi

Gamaleya nomidagi milliy tarqiqot markazida COVID-19ga qarshi Rossiyaning vaksinasi qanday ishlashi tushuntirib berildi.
Sputnik

TOShKENT, 7 avg — Sputnik. Gamaleya nomidagi milliy tarqiqot markazi direktori Aleksandr Ginsburg Rossiyaning COVID-19ga qarshi vaksina qanday ishlashi tushuntirib berildi.

Rossiyaning koronavirusga qarshi vaksinasi dunyoda birinchi bo‘lib ro‘yxatga olinadi

Uning so‘zlariga ko‘ra, COVID-19ga qarshi vaksinasidagi koronavirus zarralari organizmga zarar yetkazmaydi. Preparatni ishlab chiqishda adenovirus asosida yaratilgan jonsiz zarralardan foydalangan.

“O‘ziga o‘xshash bo‘lgan obyektlarni ko‘paytirishi mumkin bo‘lgan zarralar tirik hisoblanadi. Bu zarralar ko‘paymaydi”, - dedi u “Rossiya 24” telekanali efirida.

Shuning uchun vaksina sog‘liqqa zarar yetkazishi mumkinligi borasida xavotir olishga hech qanday asos yo‘q, deb xulosa qildi mutaxassis.

Uning so‘zlariga ko‘ra, koronavirus zarralari ko‘pi bilan noqulaylik keltirib chiqarishi mumkin, chunki begona antigenlar yuborilganda emlangan odamning immunitet tizimi kuchli ishlay boshlaydi. Ba’zi odamlarda bunday sharoitlarda tabiiy ravishda isitma ko‘tariladi.

Preparatning klinik sinovlari vaqtida ko‘ngillilarning tana harorati 37, ba’zan 38 darajaga ko‘tarildi, ammo bu masala "paratsetamol tabletkalari bilan hal qilinadi", dedi Ginsburg.

Gamaleya milliy epidemiologiya va mikrobiologiya ilmiy markazida ishlab chiqilgan vaksinani 18-iyunda Sechenov universitetida sinovdan o‘tkazish jarayoni boshlangandi.